Xalqaro kyokusin-kan karate-do tashkilotining Xalqaro qo‘mitasi Rossiya Federatsiya prezidenti Vladimir Putinni kyokusin-kan yo‘nalishi bo‘yicha sakkizinchi dan darajasiga ko‘targanini e’lon qildi.
Qora belbog‘ning eng yuqori toifalaridan bo‘lgan ushbu darajaning Putinga berlishi haqidagi qaror yozilgan rasmiy maktub Xalqaro kyokusin-kan karate-do tashkiloti prezidenti Xatsuo Royama tomonidan yuborilgan.
Sharq yakkakurashlariga qiziqishi yuqori bo‘lgan Vladimir Putin dzyudo va sambo bilan 11 yoshidan boshlab shug‘ullanishi aytilgan. Ushbu ikkala tur bo‘yicha sport ustasi bo‘lgan Putin 2006-yilda Yevropa dzyudo ittifoqining faxriy prezidenti, 2010-yilda Janubiy Koreyaning Yonin universiteti tomonidan “Dzyudo sohasidagi doktor” unvonlari bilan taqdirlangan.
Izoh (0)