AQShning Missuri shtati gubernatori Jey Nikson politsiyachi Darren Uilson jazolanishi ma’lum bo‘lgach tartibsizliklar kelib chiqishi ehtimolidan qo‘rqib favqulodda holat e’lon qildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.
Sudlanuvchi Sent-Luis shahri yaqinidagi Fergyuson shaharchasida 9-avgust kuni 18 yoshli afro-amaerikalik Maykl Braunni otib o‘ldirganlikda ayblangan. Unga beriladigan jazo noyabr oyi oxirida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Shtat rahbariyati Milliy gvardiya bo‘linmalarini safarbarlikka chaqirgan. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, gvardiyachilar federal va mahalliy politsiyaga yordam berib, hukm e’lon qilinganda tartibsizlik kelib chiqishining oldini olishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Fergyusonda politsiya xodimi Darren Uilson 18 yoshli afro-amerikalik Maykl Braunni qo‘lga olish vaqtida otib o‘ldirgach ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketgan edi.
Izoh (0)