AQShning Atlantika okeani sohilidagi Wallops kosmodromida Xalqaro kosmik stansiyaga eltish uchun 2 tonna yuk ortilgan Cygnus yuk tashuvchi kosmik kemasi uchirilish vaqtida portlab ketdi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
NASA parvozlarni boshqarish markazi Cygnus halokatini tasdiqlagan. Kema 2014-yil 29-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:22 da Antar raketasi orqali uchirilishi rejalashtirilgani qayd etilgan.
Portlash raketa uchirilganidan olti soniya o‘tgach sodir bo‘lgani ham ma’lum qilingan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.
Izoh (0)