Fransiyaning Parij shahrida start olgan tennis bo‘yicha Masters seriyasiga kiruvchi yirik turnirning asosiy to‘r birinchi davra bahslari davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi uch million 452 ming 415 yevroni tashkil etuvchi musobaqaning saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin asosiy to‘rga yo‘llanma olgan edi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Denis Istomin kecha tunda asosiy to‘rning ilk bosqichida dunyoning 23-raketkasi fransiyalik Rishar Gaskega imkoniyatni boy berdi. Dastlabki setni 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Istomin ikkinchisini 2:6 hisobida boy berdi.
Uchinchi hal qiluvchi setning to‘rtinchi geymidan so‘ng, Denis jarohati sabab bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Bu vaqtda u 0:4 hisobida yutqazayotgan edi.
Izoh (0)