Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilayotgan ParaOsiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar birma-bir g‘alaba qozonmoqda, deb xabar beradi “Olamsport”.
Dzyudo kurashi bo‘yicha vazni 73 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar musobaqasida o‘zbekistonlik Feruz Saidov barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.
Tajribali sportchi chorak finalda Manoxaran Yanakiraman (Hindiston), yarim finalda esa dzyudo vatani vakili Xidekatsu Takaxashi (Yaponiya)ni yengib, hal qiluvchi final bahsida eronlik Muhammad Ali Shananini 41 soniyada ippon bahosi bilan mag‘lub etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 18 taga yetdi. O‘zbekiston sportchilari ayni paytga kelib 15 ta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 4-o‘rinda boryapti.
Izoh (0)