“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYKga Temir yo‘llar ma’muriyatining axborot-hisoblash markazini yaratish topshirildi. U ichki yo‘nalishlarda harakatlanuvchi, O‘zbekiston vazirliklar va idoralarining yuk vagonlari parklarini ro‘yxatga oladi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.

Foto: UzReport Foto: UzReport

Avtomatlashgan ma’lumotlar bazasida yuk vagonlarining texnik holati, texnik ko‘rikdan o‘tkazish davrlari, ulardan foydalanish muddati, foydalanishga ruxsat berish hisob-kitoblarini olib borish rejalashtirilmoqda. Unda yuk temir yo‘l transporti, jumladan kapital ta’mirdan chiqib, xizmat muddati uzaytirilgan sisterna vagonlarda xavfli yuk tashiydigan transportlar hisobga olinadi.