Keyingi haftadan boshlab iPhone 6 smartfonining yuqori suratda ishlab chiqarish ishlari boshlanadi. Bu haqda Phonearena.com sayti xabar berdi.
Avval xabar qilinganidek, iPhone 6 smartfonining ikki xil – 4,7 va 5,5 dyuym displeyli turi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Ammo avgustning ikkinchi haftasigacha 5,5 dyuym displeyli iPhone 6 bu jarayonda ishtirok etmaydi. Chunki smartfonni yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Foxconn va Pegatron kompaniyalari yana qo‘shimcha ishchi kuchiga muhtoj.
Shuningdek, Foxconn smartfon yig‘ishda ilk bor robotlardan foydalanmoqchi.
Izoh (0)