Xitoyda yaratilgan qalbaki iPhone 6 smartfonining suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda NowhereElse.fr tarqatgan suatlarga asoslanib 9to5mac.com sayti xabar berdi.
Qalbaki smartfonlar iPhone 6 haqida avval xabar berilgan xususiyatlar va dizayn asosida ishlangan. Lekin qalbaki “ayfon” iOS operatsion tizimida ishlamaydi. U uchun Android’da maxsus iOS 7’ga o‘xshash dizayn ishlab chiqilgan.
Apple kompaniyasining 4,7 va 5,5 dyuymli iPhone 6 smartfonlari esa kuzda taqdim etilishi kutilmoqda.
Izoh (0)