O‘zlarini kommunal, tibbiyot yoxud ijtimoiy ta’minot xizmati xodimlari sifatida tanishtirib, keksa yoshdagi fuqarolarning ishonuvchanligidan foydalanib, xonadonlariga to‘siqsiz kirib, ularga nisbatan qotillik, bosqinchilik va boshqa og‘ir turdagi jinoyatlarni qasddan sodir etgan uyushgan jinoiy guruh a’zolari J.Qosimov va N.Urazovaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Bosh prokuraturaning jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borildi va 2014-yilning 27-iyun kuni J.Qosimov va N.Urazovalarga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokroturasining matbuot xizmati xabar beradi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2014-yil 27-iyundagi hukmiga ko‘ra, J.Qosimov va N.Urazova Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topildi. J.Qosimovga umrbod ozodlikdan mahrum qilish, N.Urazovaga esa 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sud hukmiga ko‘ra, Bosh prokuraturaning J.Qosimov va N.Urazovadan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirildi.
Izoh (0)