Beeline yozgi aksiya haqida e’lon qildi. 2014-yilning 27—29-iyun kunlari abonentlar o‘z balanslarida minus 50 sent qolgunga qadar muloqot qilishlari mumkin.
Voqeani sharhlar ekan, kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Yozgi dam olish kunlarida abonentlar yaqinlari va do‘stlariga, ayniqsa chet elga ko‘p qo‘ng‘iroq qiladi. Beeline aloqada yanada ko‘proq qolish imkonini berdi”.
Aksiya avtomatik tarzda yoqiladi. Unda “Avtokredit” xizmati yoqilgan “Status Gold” va “Status Platinum” tariflaridan boshqa barcha prepaid to‘lov tizimi tariflari ishtirok etadi.
Izoh (0)