Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Barak Obama Normandiyaga ittifoqchi qo‘shinlarning tushirilishi 70 yilligi bilan bog‘liq bayram tantanalari doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda AQSh ma’muriyatidagi manbaga asoslanib, Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Vladimir Putin va Barak Obama, 6-iyun, 2014-yil, Normandiya. Foto: AFP

Vladimir Putin va Barak Obama, 6-iyun, 2014-yil, Normandiya. Foto: AFP

Qayd etishlaricha, AQSh va Rossiya davlat rahbarlarining uchrashuvi 10—15 daqiqa davom etgan. Uchrashuv davomida qanday masalalar muhokama qilinganiga aniqlik kiritilmagan, deb yozadi “Kun”.

Avvalroq, Vladimir Putin Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Pyotr Poroshenko bilan qisqacha muloqotda bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Iyun oyi boshida esa Vladimir Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov Normandiya tashrifi dasturidan AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuv o‘rin olmagani haqida axborot bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda