2014-yilning 7-iyun kuni poytaxtdagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy bog‘ida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi homiyligi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida “Olimpiya kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Olimpiya kuni” munosabati bilan tashkil etilgan musobaqalar dastlab tuman (shahar) miqyosida o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqich musobaqalari hududlarda (Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda) tashkil etildi. Mazkur musobaqalarda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan ishtirokchilar, respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Poytaxtdagi Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston milliy bog‘ida o‘tkaziladigan respublika final bosqichi 21 guruhda o‘tkazilib, undan besh yosh va undan katta bo‘lgan ishtirokchilar turli masofalarga (50 metrdan – 1609 metrgacha) yugurish bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda bahs yuritadi.
Respublika final bosqichi musobaqalarining barcha ishtirokchilari (jamoalar murabbiylari, vakillari, hakamlar va musobaqa tashkilotchilari) Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining sertifikatlari bilan taqdirlanadi.
“Olimpiya kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan sport tadbirining ochilish marosimi soat 9:30 da boshlanadi.
Izoh (0)