Braziliyalik futbol afsonasi Pelening o‘g‘li Edson Sholbi Nasimentu giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani uchun 33 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. “Santos” jamoasining sobiq darvozaboni sudning bu hukmiga apellyatsiya berishga haqli, deb yozadi “Sport-ekspress” ma’lumotiga asoslanib Uff.uz.
Bu Edsonning birinchi bor javobgarlikka tortilishi emas. U 1992-yil futboldagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ko‘cha poygalarida ishtirok etgani uchun olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. O‘sha poygada ishtirokchilardan biri vafot etgan. 2005-yil esa giyohvand moddasi — kokain savdosi bilan shug‘ullangani uchun hibsga olingan edi.
Izoh (0)