Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida o‘smir opa-singillarning vahshiyona tarzda zo‘rlanishi va o‘ldirilishi irqchilik jinoyati deb ham tan olinmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Qurbonlarning otasi ma’lum qilishicha, seshanba kuni kechqurun qizlar hojat uchun tashqariga chiqib ketishgan. Ular ancha vaqtgacha qaytib kelavermagach, ota mahalliy politsiyachilarga murojaat qilgan. Politsiya xodimlari unga javoban shunchaki kulib qo‘yib, eng quyi kastaga tegishli qizlarni qidirishdan bosh tortgan.
Chorshanba kuni tongda esa Katra qishlog‘i aholisi qizlarning mango daraxtiga osib qo‘yilganini ko‘rishgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda 14 va 15 yoshli opa-singillarni bir necha kishi zo‘rlab, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirishgan va murdalarini mango daraxtiga osib qo‘yishgan. Ular mahalliy iyerarxiyadagi eng quyi kastaga tegishli bo‘lgan.
Jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, uch kishi hibsga olindi, ulardan ikki nafari politsiyachilardir. Mahalliy politsiya xodimlarining ba’zilari o‘z vazifasidan chetlashtirilgan va ayni paytda so‘roq qilinmoqda.
Izoh (0)