Xitoyning Shansi provinsiyasi Samarqand viloyati bilan qardoshlik aloqalari o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda provinsiya hukumati bosh kotibi o‘rinbosari Chjan Syaonin Markaziy Osiyo jurnalistlariga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya UzDaily xabar berdi.
Uning fikricha, ushbu bitim imzolangach, tomonlar bunday kelishuvlarni shahar va uyezdlar darajasida ham tuzishlari mumkin bo‘ladi.
Shansi provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari bilan bo‘lgan uchrashuvda ishtirokchilar “Buyuk ipak yo‘li iqtisodiy kamari”ni yaratish, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar kabi masalalarni muhokama qilishdi.
Izoh (0)