Tez orada Samsung kompaniyasi yangi 7 dyuymli smartfon taqdim etishi ma’lum bo‘ldi. U Koreyada Galaxy W, jahon bozorida esa Galaxy Mega 2 nomi ostida sotiladi, deya xabar berdi Mail.ru.
Ushbu qurilma planshet indeksiga (SM-T2558, SM-T planshetlarni bildirish uchun ishlatiladi) ega ekaniga qaramay, katta smartfon sifatida namoyish etiladi.
Yangi smartfon Samsung Galaxy Note 3 kabi teri fakturasiga ega plastikdan ishlanadi. U Galaxy Mega 2 planshetofonlari lineykasiga kiritiladi.
Galaxy W 7 dyuymli 1280х720 pikselli displey, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 400 protsessori, 1,5 Gb tezkor, 8 Gb ichki xotira hamda 8 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlanadi.
Izoh (0)