14-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da Italiyaning Turin shahridagi “Yuventus” stadioni Yevropa ligasining hal etuvchi bahsiga mezbonlik qiladi. Unda Portugaliyaning “Benfika” va Ispaniyaning “Sevilya” jamoalari chempionlik masalasini hal qiladi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
“Sport” telekanalidagi manbamiz ma’lumotiga ko‘ra, kanal “Sevilya”—“Benfika” uchrashuvini efirga uzatmaydi.
Bundan tashqari, Yevropa Chempionlar ligasi bahslari ham “Sport” kanali orqali namoyish etilishi noaniq bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)