Toshkentdagi 10-ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning yakkakurash turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad – iqtidorli yosh sportchilarni saralash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va xalqaro maydondagi musobaqalarga tayyorlashdan iborat. Unda 120 nafar yosh sportchi o‘zbek jang san’ati, turon yakkakurashi, karate, ushu va kikboksing kabi sport turlari bo‘yicha bahslashdi.
Bellashuvlar yakunida Mirsaid Sodiqov, Mirhaydar Sodiqov, Timur Sokolov, Sirojiddin Parpiyev, Behzod Abdusalomov, Jamshid Yo‘ldoshev, Abduqodir Islomov, Sardor Suyunov, Abduboriy Saidazimov kabi yosh sportchilarning mahorati hakamlar tomonidan yuqori baholandi.
Izoh (0)