Italiya apellyatsiya sudi modelyerlar Domeniko Dolche va Stefano Gabbanaga mamlakat soliq organlaridan yuzlab million yevroni yashirgani uchun belgilangan hukmni ikki oyga qisqartirdi. Reuters’ning 30-apreldagi xabariga ko‘ra, ularning har biri kechiktirilgan muhlat bilan 18 oydan qamoq jazosi olishdi.
Sud qarori bilan, jinoiy ishning qator bandlari muddati o‘tib ketgani tufayli hukm yumshatildi.
2013-yil iyunida Italiya sudi dizaynerlar Domeniko Dolche va Stefano Gabbana soliqlar to‘lashdan bosh tortganligi uchun har biriga 1 yili-u 8 oy qamoq muddati belgilagan edi.
Dolce & Gabbana taniqli markasi asoschilari moliyaviy hisobotlarda katta ko‘lamdagi xatoliklarni amalga oshirganlikda va soliq hujjatlarini qalbakilashtirganlikda gumon qilinmoqda. Natijada 1 milliard yevroga yaqin mablag‘ Italiya g‘aznasiga to‘lanmagan.
Izoh (0)