Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati tomonidan U. Qurbonov nomidagi respublika bolalar psixonevrologik shifoxonasida “Tengdosh — tengdoshga” loyihasi doirasida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur shifoxona zamonaviy jarrohlik, umumiy terapiya, fizioterapiya, ultratovush tekshiruvi kabi tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan. Bu yerda bemorlarni tekshiruvdan o‘tkazish, tashxis qo‘yish va davolash uchun barcha sharoit yaratilgan.
Tadbir doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilarining rasmlar ko‘rgazmasi va konsert dasturi namoyish etildi.
— Qizim Diyora yetti yoshda, — deydi poytaxtlik Nargiza Abduvohidova. — Bu yerdagi muolajalardan so‘ng o‘zi harakat qila boshladi. Tengdoshlari ijro etgan kuy-qo‘shiqlar unga zavq baxsh etdi.
Tadbirda muassasa davolanuvchilariga esdalik sovg‘alari berildi.
Izoh (0)