2014-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha 550, parrandachilikda 262, baliqchilikda 345, asalarichilikda 255 loyiha amalga oshirildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Qishloq xo‘jaligi sohasi mahsuldorligini oshirishga doir chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi samarasida sabzavot yetishtirish hajmi 10,8 foizga, go‘sht 6 foizga, sut 6,7 foizga, tuxum tayyorlash 13,5 foizga oshdi. Yirik qoramollar umumiy soni 4% o‘sib, 10,6 million boshga yetdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib, uni to‘liq qayta ishlayotgan va o‘z biznesini yuqori darajada diversifikatsiya qilayotgan fermer xo‘jaliklarining qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, qishloq xo‘jaligi uskunalari va texnologiyalari ishlab chiqaradigan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etilayotgani bu muvaffaqiyatlarda muhim omil bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh (0)