Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan tashkil etilgan “Kasaba-tur” velomarafonining Xorazm viloyati bosqichida 35—45 yoshli ayollar o‘rtasida Salima Shomurodova birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

O‘zAning ma’lum qilishichaXorazm viloyati Yangibozor tumanida istiqomat qiluvchi Shomurodovani qo‘l va oyoq mushaklari hamda bel og‘rig‘i tez-tez bezovta qilgani uchun shifokorlar unga velosiped haydashni tavsiya qilgan. – Ushbu musobaqalarda bir necha yildan buyon muntazam qatnashib kelaman, – deydi S. Shomurodova. – Velosport bilan shug‘ullanayotganimdan beri og‘riqlar ketib, sog‘lig‘im yaxshilandi. Shuningdek, musobaqada urganchlik Nigora Xudoyberganova 25—35 yoshli xotin-qizlar orasida marraga birinchi keldi. 230 nafardan ziyod havaskor velosportchi ishtirok etgan musobaqaning erkaklar o‘rtasida kechgan bellashuvlarida xivalik Muhammad Ibrohimov, gurlanlik Mahmud Qo‘shjonov o‘z yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Eng mahoratli poygachi”, “Eng keksa ishtirokchi”, “Eng yosh qatnashchi”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi