20-aprel kuni “Sayyod” nashri xodimlari “Varrak-shou” deb nomlangan tadbir o‘tkazdi. “Sayyod”ning xabar berishicha, bu yil to‘rtinchi marotaba o‘tkazilgan tadbirga xonandalar chegaralangan ro‘yxat asosida taklif qilingan.
“Varrak-shou”da “Yalla” guruhi a’zolari, Bonu, Munisa Rizayeva, “Afruz” guruhi, Yagona, Amira, Umida, Doston Ubaydullayev, “Mango”, “Ummon” guruhlari va boshqalar ishtirok etdi. Xabarda aytilishicha, tadbirda xonandalar turli xil milliy o‘yinlar o‘ynab, bir vaqtning o‘zida qo‘shiqlar ham ijro etgan. Jumladan, xonanda qizlar arqon sakrab kuylashga majbur bo‘lgan. “Ummon” guruhi a’zosi Shohrux esa “lanka” o‘yini vaqtida kiyimini yirtib olgan. Shuningdek, o‘zbek estradasi vakillari urma sozlarda jonli ijroda o‘z iste’dodlarini namoyish etgan.
Izoh (0)