Nokia kompaniyasi Lumia 2520 plansheti foydalanuvchilarini uning AC-300 zaryad qurilmasidagi nosozlik haqida ogohlantirdi. Bu haqda Nokia saytida berilgan ma’lumotga tayanib, Look At Me xabar berdi.
“Ma’lum bir sharoitda zaryad qurilmalarining ba’zilarida plastik qismning ajralishi ro‘y berishi mumkin”, — deyiladi kompaniya saytida. Planshet egasi zaryad qurilmasini rozetkadan sug‘urish vaqtida ochilib qolgan simlarga tegib, tok urishi mumkin. Nokia foydalanuvchilarga bu turdagi zaryad vositasidan kompaniya muammoni hal qilmagunicha vaqtincha foydalanmay turishni tavsiya qilmoqda.
Qayd etilishicha, AC-300 “eksklyuziv dizaynga ega”, shuning uchun uni Nokia’ning boshqa “zaryadka”lari bilan almashtirib bo‘lmaydi. Biroq nosozlik planshetning o‘ziga zarar yetkazmaydi. 2013-yil dekabridan buyon kompaniya muammoli zaryad vositalariga ega bo‘lgan 30 mingdan ortiq Lumia 2520’ni sotgan. Hozircha muammoning yechimi topilmagan.
Lumia 2520 sotuvi vaqtincha to‘xtatildi.
Izoh (0)