GM Uzbekistan kompaniyasi 2014-yilning yanvar—martida Rossiyada avtomobil sotish hajmini 2013-yilning shu davriga nisbatan 19 foizga – 12 858 tagacha kamaytirdi. Bu haqda Yevropa biznes uyushmasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga asoslanib UzDaily xabar bermoqda.
GM Uzbekistan’ning Rossiya bozoridagi ulushi 2013-yilning yanvar—martida 2,6 foizdan 2,1 foizgacha kamaygan. 2014-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobil sotish bo‘yicha 14-o‘rinni egallagan. Kompaniyaning birorta ham modeli hisobot davrida Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan avtomobillarning 25 talik ro‘yxatiga kira olmagan.
Qayd etish joiz, GM Uzbekistan 2014-yilning birinchi choragida avtomobil ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,7 foizga oshirib, yanvar—mart oylari davomida 52 782 ta avtomobil ishlab chiqargani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)