O‘zbek sambochilari Almatidagi xalqaro turnirga jo‘nab ketdi
Bugun, 17-aprel kuni sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Qozog‘istonning Almati shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro turnirga jo‘nab ketdi. Bu haqda Sports.uz xabar berdi.
Foto: biznesars.ruUnda 35 kilogramm vazn bo‘yicha Zoyir Yunusov, 38 kilogramm vazn toifasida Toxirmalik Yusupov, 50 kilogramm vaznda Zoyir Saminov va Temurmalik Yusupov, 55 kilogramm vazn bo‘yicha Xudoyor Abdumavlonov hamda Elyor Baxtiyorov, 60 kilogarmma vaznda Aleksandr Moxov, 66 kilogrammda Elyor Sevikboyev, 72 kilogramm vaznda Faxruz Yo‘ldoshev va 78 kilogramm vaznda Rustam Yo‘ldoshev ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 3-mayda sambo bo‘yicha Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahrida kattalar o‘rtasida xalqaro turnir va 16-mayda Toshkentda O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)