Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘zining maoshini 2,65 martaga oshirdi. Bu 14-aprel, dushanba kuni Kremlning rasmiy saytida e’lon qilingan prezident farmonida qayd etilgan. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedevning ham ish haqi xuddi shunday koeffitsiyent bilan oshiriladi.
“Vedomosti” gazetasining hisobiga ko‘ra, Medvedevning oylik daromadi 215 ming rubl (taxminan 6000 AQSh dollari)dan ziyodroq, prezident Putinning daromadi esa bir oyda deyarli 280 ming rubl (taxminan 7800 AQSh dollari)ni tashkil etadi.
11-aprel, juma kuni davlat rahbari va hukumat a’zolari o‘zlarining daromadlari haqida e’lon qilgan edi. Putin va Medvedevning daromadlari 2012-yilga nisbatan kamaygan: prezident 3,6 million rubl ishlagan (100 000 AQSh dollari), bosh vazir esa — 4,2 million rubl (116 000 AQSh dollari).
Izoh (0)