Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mning iyul oyida o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilishida Pokiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ)ni tashkilot a’zoligidan chetlashtirish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bunga sabab sifatida Pokiston hukumatining MOQ va mamlakat sport federatsiyasi ishiga aralashuvi ko‘rsatilmoqda. Bu haqda XOQ rasmiy sayti xabariga tayanib Sport.mail.ru ma’lum qildi.
Avvalroq, XOQ Pokiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga 2013-yil 1-dekabrgacha muddat belgilangan edi. Bu muddat ichida MOQ va sport federatsiyasi ularning boshqaruvida mamlakat hukumatining ishtiroki yo‘qligini isbotlashi lozim edi.
10-aprel, payshanba kuni XOQning ma’lum qilishicha, mamlakat hukumati so‘zida turmagan bo‘lsa-da, Pokiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga muzokara olib borishni taklif qilgan. Pokiston MOQ mamlakat sport tashkilotlarining hukumatdan mustaqilligini kafolatlamasa, XOQ iyul oyida Lozannada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Pokistonni Olimpiya harakatidan chetlashtiradi.
Diskvalifikatsiya pokistonlik sportchilar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmasligini anglatadi.
Izoh (0)