5—6-aprel kunlari Latviya poytaxti Rigada Badiiy gimnastika bo‘yicha “Boltiq halqasi-2014” 15-xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqalarning jamoaviy bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri xabar berdi.
Tarkibida Luiza G‘aniyeva, Marta Rostaburova, Samira Amirova, Zarina Qurbonova, Olga Kiryakova va Yevgeniya Larionovalar ishtirok etgan terma jamoamiz yakunda 32,850 ball ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Bulava bilan bajarilgan mashqlarda sportchilarimiz 16,467 ball bilan birinchi bo‘lishdi. Tasma va to‘p bilan bajarilgan mashqlarda esa vakillarimiz uchinchi bo‘lishdi. Bu esa ularga yakunda muvaffaqiyatni qo‘lga kiritishiga zamin yaratdi.
Jamoa bahslarida Rossiyaning Sankt-Peterburg va Krasnodar jamoalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)