Shimoliy Koreya parlamentining yangi chaqirig‘i mamlakat rahbari Kim Chen Inning Davlat mudofaa qo‘mitasi rahbari lavozimiga tayinlanganligini tasdiqladi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi bergan ma’lumotlarga asoslanib Interfax.ru xabar berdi.
Agentlik xabarida aytilishicha, bu tanlov “xalq xizmatchilari hamda xalqning hukumat rahbariga bo‘lgan mutlaq ishonchini ifoda etadi”.
Eslatib o‘tamiz, davlat tepasiga 2011-yil dekabrda kelgan Kim Chenning saylanishi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarning dastlabkisi Oliy xalq yuqori majlisida 9-mart kuni o‘tkazilgan edi. Parlamentga muqobilsiz ravishda xalqning deyarli yuz foiz ishtirokida 687 nafar deputat saylangan edi.
Izoh (0)