Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot-resurs markazida “Kitobim – oftobim” deb nomlangan kitob bayrami o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Tadbir doirasida “Diqqat, yangi kitoblar”, “Yozuvchi-shoirlar – bolalarga”, “Biz sevgan qahramonlar”, “Jahon adabiyoti durdonalari” nomli kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etildi. Yozuvchi-shoirlar bilan bolajonlar uchrashuvi tadbirga yanada fayz kiritdi.
– Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kitob mutolaasini targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga qaratilgan, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot-resurs markazi direktori Zulfiya Seytniyozova. – Haftalik davomida “Bir bolaga uch kitob” aksiyasi, “Maktab – kutubxona – oila” xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Kitob bayrami doirasida “Kitobxon oila” tanlovini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Bunday tadbirlar Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)