“Dronlar piri”: harbiy xizmat oʻtamagan Madyar qanday qilib qoʻmondonga aylandi?
Rossiya-Ukraina urushi fonida Madyar nomi tez-tez yangrab turadi. Asli venger millatiga mansub boʻlgan bu inson urushga koʻngilli askar sifatida yollangan. Shunga qaramay, Robert Brovdi qisqa vaqt ichida alohida qoʻmondonlik rahbariga aylandi. U hozir mamlakatning dronlar boʻyicha siyosatini belgilab beradi. Madyarning qoʻl ostidagi oʻn minglab harbiy Qora dengizda rus kemalarini choʻktirishdan tortib, Rossiya ichiga chuqur zarba berishga qadar keng spektrdagi vazifalarni bajaradi.