Mazkur shirinlik nafaqat siz, balki oila a’zolaringiz uchun ham sevimliga aylanishiga shubha yo‘q.
Kerakli mahsulotlar:
- muzlatilgan yoki danagi olingan barra olcha — 400 g;
- shokolad — 200 g;
- sariyog‘ — 120 g;
- tuxum — 5 dona;
- shakar — 150 g;
- vanilin — 1 osh qoshiq;
- tuz — bir chimdim;
- tvorog —300 g;
- un — 150 g;
- razrixlitel — 1 choy qoshiq.
- Eritilgan shokoladni eritilgan sariyog‘ga qo‘shib aralashtiring.
- Qaynoq suvli idish bug‘ining ustiga qo‘yib, aralashtirishda davom eting.
- 3 dona tuxumga, shakar, vanilin va tuz qo‘shib mikserda aralashtiring.
- Tvorogga qolgan tuxum va shakar qo‘shib aralashtiring.
- Shokoladli aralashmani tvorogga qo‘shib mikserda aralashtiring.
- Un va razrixlitel qo‘shing.
- Yog‘ surtilgan patnisga shokoladli aralashmaning uchdan bir qismini soling.
- Ustidan tvorogli aralashma, keyin esa mevaning yarmini qo‘ying.
- Shu ketma-ketlikni takrorlang.
- 180 daraja qizigan pechni 50 daqiqa davomida pishirib oling.
Saharlik uchun retseptlar:
Izoh (0)