O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakat bo‘ylab Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari haqida maʼlumot berdi.
![](/static/2024/04/08/2024-04-08 20.05.31-06R5QM37.jpg)
Maʼlum qilinishicha, idora 2024-yil Ramazon hayiti 10-aprel, (shavvol oyining 1 kuni) chorshanba kuniga to‘g‘ri kelayotgani munosabati bilan hayit namozi vaqtlarini belgilab chiqdi.
Shunga ko‘ra hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
- Andijon viloyati – 06:00
- Namangan viloyati – 06:00
- Farg‘ona viloyati – 06:00
- Toshkent viloyati – 06:10
- Toshkent shahri – 06:10
- Sirdaryo viloyati – 06:10
- Jizzax viloyati – 06:15
- Samarqand viloyati – 06:20
- Surxondaryo viloyati – 06:25
- Qashqadaryo viloyati – 06:30
- Navoiy viloyati – 06:30
- Buxoro viloyati – 06:30
- Xorazm viloyati – 06:50
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 06:50
Izoh (0)