Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasi 28-turi doirasidagi “Empoli” — “Roma” bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda rimliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. O‘yinning 1-daqiqasida Matias Sule hisobni ochdi. Mazkur natija o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi va Klaudio Ranyeri jamoasi o‘z hisobiga navbatdagi 3 ochkoni qo‘shib qo‘ydi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 72 daqiqa maydonda harakatlandi. Ushbu vaqt ichida hujumchi bir nechta yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadi. Uning o‘rniga Artyom Dovbik o‘yinni davom ettirdi.
Mazkur g‘alabadan keyin Rim klubi hisobidagi ochkolar soni 46 ta bo‘ldi va turnir jadvalida 7-o‘rinni egalladi. “Roma”ning A seriya doirasidagi navbatdagi uchrashuvi 16-mart kuni “Kalyari”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Italiya chempionati
28-tur
9-mart, yakshanba
“Empoli” — “Roma” 0:1
Gol. 0:1 — 1, Matias Sule
“Empoli”: Silvestri, Goglichidze (Kampanello, 86), Marianuchchi, De Shilo (Sambya, 46), Gyasi, Grassi, Henderson (Kovalenko, 66), Pesselya, Espozito (Konate, 66), Kakache, Kolombo (Kuame, 46).
“Roma”: Svilar, N’Dika, Hummels, Nelsson, Abdulhamid (Rench, 64), Kone, Paredes (Kristante, 65), Salah (Anxelinyo, 65), Sule (Baldanze, 82), Pellegrini, Shomurodov (Dovbik, 72).
Izoh (0)