• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Andijonga kelayotgan qo‘shiqchi Arash o‘zbekistonlik tadbirkordan 25 ming dollar qarzdor. U javobgarlikka tortiladimi?

    Eronlik taniqli qo‘shiqchi Arash 2017-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertiga oldindan gonorar olgan bo‘lsa-da, kelmagan. Shu tufayli o‘zbekistonlik tadbirkor 50 ming dollar zarar ko‘rgan. 2018-yilda Toshkent viloyati xo‘jalik sudi tadbirkorning foydasiga 24 797 AQSH dollari miqdoridagi zararni qoplash to‘g‘risida qaror chiqargan, ammo qaror hamon ijro etilgani yo‘q.

    Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, Andijondagi festival paytida qonun sinovdan o‘tadi.

    Festival tashkilotchilari xizmati 50 ming dollar ham turmaydigan bu sanʼatkorni 2 milliard so‘mga olib kelishmoqchi. Demak, qonun sinovdan o‘tadi: O‘zbekistonda sud qarorlari ustuvormi yoki bu mojaro asrlar sadosi shovqinida beiz ketadimi, ko‘ramiz, deydi bu haqda yozgan huquq faoli.

    “Daryo” jurnalisti 2017-yildagi konsert tashabbuskori, Arash sabab 50 ming dollar zarar ko‘rgan “Nigora media group” MCHJ taʼsischisi Nigora Soimning ham bu haqdagi fikri bilan qiziqdi.

    Arash O‘zbekistonning sud tizimi ustidan haligacha kulib, masxara qilib keladi. Sud qarorini bajarmay, qochib yuribdi. Bu masalani eshitmaganlar qolgan deb o‘ylamayman. Yaqinda korrupsiya agentligidanman deb birov chiqdi, yana boshqasi Andijondagi tashkilotlardan dedi va mendan maʼlumotlarni so‘rab olishdi. Barchasini bilishdi. Lekin barchasini bila turib, xizmati 50 ming dollar ham turmaydigan xonandaga 2 milliard so‘m taxminan 165 ming dollar to‘lashmoqchiligi kulgili va ayanchli. Bu voqealarni bilishmaganda ham mayli edi, deydi Nigora Soim.

    Arash O‘zbekiston sudi qaroriga ko‘ra bu harakati uchun 25 ming dollar jarima to‘lash majburiyatini olgan. Toshkent viloyati xo‘jalik sudiga ko‘ra, Arash vakili bo‘lgan Extensive Music Sweden AB kompaniyasi “Nigora media group” prodyuserlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomani buzganlikda aybdor deb topilgan. Nigora Soim MIB hamon ushbu qaror ijrosini taʼminlamaganini aytib, “Ijrochilarimizning kuchi MDHdan tashqariga yetmas ekan”, deydi.

    “Daryo” jurnalisti Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi axborot xizmati bilan bog‘lanib, Toshkent viloyati xo‘jalik sudining 2018-yildagi qarori ijrosi taʼminlanmagani sababi bilan qiziqdi. MIB matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov jurnalistning “Arash erta indin Andijonga festivalga kelsa, MIB sud qarori ijrosini taʼminlaydimi”, deya berilgan savoliga javob berar ekan “bu ish bo‘yicha MIBga ijro hujjati yetib kelmagan”, dedi.

    Masʼulning tushuntirishicha, Arashdan jarima undiruvchi tashkilot “Nigora media group” prodyuserlik kompaniyasi ijro hujjatini qaytarib olgan. Shu sabab MIB sud qarori ijrosini taʼminlay olmagan.

    Nigora Soim MIB masʼuli bu borada yolg‘on maʼlumot berayotganini aytdi.

    Yo‘q, bu yolg‘on. Necha marotabalab borganman, qabul qilishmagan. To‘polon bilan hujjat topshirib kelganlarimni qaytarib yuborishgan. Ijrosini qilolmaymiz deyishgan. Tarixni qo‘ya turaylik, hozirgi kunlarning o‘zida arizam yana ularga Bosh prokuraturaga kelib tushgan. Shu ish bilan shug‘ullanayotgan MIBning Shuhrat ismli xodimi “Murojaatingiz kelib tushganiga uch kun bo‘lmasdan qaytaraman. Bu ish ijrosini biz qilolmaymiz degan”, deydi Nigora Soim.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    12 avgust, 18:40   Izoh (0)   6268
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.