Prezidentning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini, ularga tenglashtirilgan shaxslarni hamda 1941–1945-yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida bir martalik pul mukofoti belgilandi.
Unga ko‘ra:
- Urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 ming dollar;
- Urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 mln so‘m;
- Urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 mln so‘m miqdorida.
Ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona tarzda topshiriladi.
Izoh (0)