• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kartoshka narxi qachon tushadi?

    So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kartoshkaning narxi 12 ming so‘mga yetgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi kartoshka narxi bo‘yicha axborot berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vazirlikning bildirishicha, olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahridagi Food City dehqon bozorida 1 kilo kartoshkaning o‘rtacha narxi 8,5 ming so‘mni tashkil etmoqda (minimal 7,5 ming so‘m, maksimal 9 ming so‘m).

    Shuningdek, barcha hududlardagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida kartoshka 5-6 ming so‘m narxda sotilmoqda. Toshkentning yirik bozorlarida esa kartoshkaning narxi quyidagicha:

    • Aviatsiya, Qo‘yliq, Mirobod, Yunusobod bozorlarida — 9 000 so‘m;
    • Sirg‘ali, Farhod, Chilonzor, Eski Juva, Qoraqamish, Askiya, Oloy bozorlarida — 10 000 so‘m.

    Narx oshishiga sabab nima?

    Kartoshkaning qimmatlashishiga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda. Masalan, takroriy ekilgan maydonlardan yetarli hosil olinmadi. Kartoshka yiliga ikki marta ekiladi:

    • yanvar—mart oylarida ekilgan kartoshka aprel—iyulgacha hosil beradi;
    • iyun—iyulda ekilgan kartoshka noyabr—aprel oylarida isteʼmol qilinadi.

    2024-yil hosili uchun takroriy maydondan 1 million tonna kartoshka yetishtirilgan, ammo noyabr—aprel davrida 1,7 mln tonna zarur. Yig‘ilgan hosil talabning faqat 44 foizini qoplaydi. Takroriy ekish uchun urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i va boshqa resurslar qimmatlashgan. Maʼlumot o‘rnida, 1 gektar kartoshka ekish uchun 55-60 mln so‘m sarflanmoqda, bu boshqa ekinlarga nisbatan 2–2,5 barobar ko‘p.

    Oxirgi 4-yilda kartoshka narxi 173 foizga oshgan. Azotli o‘g‘it 173 foiz, kaliyli o‘g‘it 175 foiz, kimyoviy vositalar 202 foiz, dizel yoqilg‘isi 178 foiz, mexanizatsiya xizmatlari 170 foiz, elektr energiyasi 180 foiz qimmatlashdi. O‘tgan yildan boshlab suv soliqlari va QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) ham qo‘shilgani kartoshka tannarxiga taʼsir qilmoqda.

    Vazirlik axborotida qayd etilishicha, kartoshka narxi barqarorlashtirilishi uchun 245,6 ming tonna kartoshka zaxiraga olindi, 9,9 ming tonna mahsulot bozorlarga chiqarildi. Hozirda kartoshkalar arzonlashtirilgan yarmarkalarda 4000-4500 so‘mdan sotilmoqda.

    Shuningdek, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Pokiston va Eron davlatlaridan 94,2 ming tonna kartoshka import qilindi, jarayonlarga to‘sqinlik qiluvchi baʼzi transport muammolari hal etilmoqda. Masalan, Sariq dovon ochilishi natijasida import hajmi ko‘paydi, korxonalarga qo‘shimcha temir yo‘l vagonlari ajratildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kartoshka narxi qachon tushadi?

    Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, kartoshka narxi tushishi uchun bir qator amaliy ishlar rejalashtirilgan bo‘lib, xususan, 2025-yil hosili uchun 122 ming gektar maydonga kartoshka ekilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, aprel may oylarida yangi hosil bozorga chiqariladi va buning natijasida kartoshka narxi pasayishiga erishiladi. Amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida fevral mart oylarida narxlar barqarorlashishi, aprel may oylarida esa pasayishi kutilmoqda.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston chegarasida ko‘p miqdordagi kartoshka ushlab turilgani haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirdi.  Qozog‘istonning Pavlodar shahridan eksport qilingan 43 ta vagondagi kartoshka 10 kundan ortiq vagonda qolib ketgani sababli muzlab, yaroqsiz holga kelgani aytilgandi. 

    Vazirlikning bildirishicha, O‘zbekistonlik bir nechta tadbirkorlik subyektlariga tegishli kartoshka ortilgan vagonlar fitosanitar nazorat tartibiga muvofiq Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasining Qozog‘iston hududida vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu tekshiruv jarayonida yuk hujjatlarida aniqlangan ayrim texnik kamchiliklar sababli mahsulotni chegarada qisqa muddat ushlab turish ehtiyoji vujudga kelgan. Mazkur texnik muammolar o‘rnatilgan tartibda to‘liq bartaraf etildi.

    “Qozog‘iston chegarasida mazkur yuklarni ataylab yoki sun’iy ravishda ushlab turish holati mavjud emas. Ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida mahsulot ayni kunda Toshkent shahridagi Chuqursoy saqlash punktiga yetkazildi. Hozirda tadbirkorlik subyektlariga tegishli barcha kartoshka mahsulotlari sotuv rastalariga yo‘naltirilmoqda”, deyiladi vazirlik munosabatida.

    Qayd etilishicha, bu kartoshka narxi bilan bog‘liq vaziyatni bartaraf etish va bozorlarda mazkur mahsulotga bo‘lgan narxning barqarorlashuviga xizmat qiladi.

    31 yanvar, 17:03   Izoh (0)   69049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #kartoshka

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent supermarketlarida ayrim mahsulotlar narxi arzonlashdi

    19.09.2024, 18:53

    Foto: Rang-barang, gavjum va koloritli Chorsu bozorining dam olish kunidagi hayoti

    12.10.2024, 14:03

    O‘zbekistonda 2025-yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi

    25.11.2024, 21:59

    Qashqadaryo kartoshka, meva, parranda go‘shti va tuxum bo‘yicha o‘zini o‘zi to‘liq ta’minlashga o‘tadi

    04.12.2024, 15:43

    “Halol mehnatingiz va shijoatingiz uchun katta rahmat” — Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

    08.12.2024, 12:55

    Qandolatchilikdagi imtiyoz, sut mahsulotlari ishlab chiqarish: prezidentga oziq-ovqat sanoatidagi rejalar bo‘yicha axborot berildi

    10.12.2024, 19:57

    O‘zbekistonda muhim oziq-ovqatlar uchun nollashtirilgan boj muddati yana uzaytirildi

    30.12.2024, 16:30

    O‘zbekistonda 2024-yilda gaz 129, elektr 67, issiq suv 32 foizga qimmatladi

    1 yanvar, 17:35

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi kutilmoqda

    7 yanvar, 17:15

    Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini to‘xtatdi

    19 yanvar, 16:46

    Qozog‘iston sabab O‘zbekistonda kartoshka narxi keskin oshadimi?

    21 yanvar, 15:05

    O‘tgan yili inflyatsiya nega kutilganidan baland bo‘ldi? Markaziy bank raisi javob berdi 

    28 yanvar, 16:29

    Qozog‘istondan O‘zbekistonga olib kelinayotgan 43 vagon kartoshka chiridi

    30 yanvar, 09:44

    Chetdan olib kelinadigan urug‘lik kartoshka uch yilga bojxona bojidan ozod qilinadi

    30 yanvar, 16:46

    Toshkentda 20 yoshli qizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar, bog‘chada ilonlar bilan tomosha ko‘rsatgani uchun jazolangan fuqaro, Buxoroda mashinani YPX xodimiga ha...

    30 yanvar, 23:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25

    O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi

    Sport | 7 iyun, 18:04

    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

    Reklama | 7 iyun, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.