• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tadbirda Mo‘g‘ulistonning MCS Investment, Mongol Basalt, Tavan Bogd Group, Asia Pharma, Khanbogd Cashmere, Erdenezoo Trans, ICT Group, ORDGEO, LBH Technology, NCD Group, Mega Wood, Modern Nomads kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

    O‘zbekiston tomonidan Basalt Uzbekistan, BMB Holding, New Way Industries, Panaev Farms, Ezel Central Asia, Azia Metall Prof, “Jizzax Jun”, Procab va boshqa xususiy kompaniyalar qatnashdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taʼkidlash lozimki, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bunday formatdagi uchrashuv Mo‘g‘uliston bilan ilk bor o‘tkazildi.

    O‘zbekiston prezidenti mo‘g‘ulistonlik yetakchi ishbilarmonlarni va ularning o‘zbekistonlik sheriklarini samimiy qutlar ekan, Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlik tarixida muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor alohida taʼkidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Bu sizning O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashga qaratilgan qatʼiy intilishingizni va alohida eʼtiboringizni yana bir bor tasdiqlaydi”, – dedi mamlakat rahbari.

    Bo‘lib o‘tgan mazmunli va konstruktiv muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning barcha jihatlari atroflicha ko‘rib chiqilgani, mavjud zaxiralar tahlil qilingani va yangi o‘sish nuqtalari aniqlangani qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni taʼkidladik. Shu munosabat bilan yaqin yillarda o‘zaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish orqali karrasiga oshirish vazifasini qo‘ydik”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Bular – Mo‘g‘ulistonga oziq-ovqat, o‘g‘itlar, dori-darmonlar, maishiy texnika, plastmassa va rezina, qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik va poyabzal mahsulotlarini eksport qilish, shuningdek, yurtimizga go‘sht va go‘sht mahsulotlari, teri, jun va boshqa tayyor mahsulotlarni import qilish.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tez fursatda Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonda savdo uylarini ochish va ikki mamlakat poytaxtlarida sanoat ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim va bozorlarga kirishni yengillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga kelishib olindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston rahbari mo‘g‘ul kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi.

    Ikki davlat iqtisodiyotining bir-birini samarali to‘ldirishga qodir sohalarida o‘rta muddatli kooperatsiya dasturini qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu, birinchi navbatda, geologik qidiruv, boy xomashyo resurslarini o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalarida hamkorlik o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.

    Mazkur strategik sohada birinchi yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va turdosh tarmoqlarda Mo‘g‘uliston bilan kompleks hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Qoraqalpog‘iston, Namangan viloyati va boshqa hududlarda chorvachilik majmualarini barpo etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

    Bundan tashqari, Mo‘g‘ulistondan chorva, go‘sht va uni qayta ishlash mahsulotlarini import qilish hamda to‘qimachilik va tayyor qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga o‘zaro qiziqish bildirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu yo‘nalishdagi hamkorlik doirasida “Halol” standartiga mos go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma klasterlar, jun va terini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

    Tomonlar xususiy biznes tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

    Bu borada ishbilarmon doiralari tomonidan ilgari surilgan yangi biznes g‘oyalari, jumladan, Toshkentda diagnostika markazini ochish, bazaltni qayta ishlash, yengil sanoat, raqamlashtirish, farmatsevtika va boshqa sohalardagi loyihalar qo‘llab-quvvatlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yil oxirigacha investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va soliqqa tortish tamoyillari bo‘yicha asosiy bitimlar qabul qilinadi.

    Yetakchilar qo‘shma Ishbilarmonlar kengashining tashkil etilishini olqishladilar. Yangi tashabbuslarni ishlab chiqish uchun yaqinda uning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Tashrif davomida havo va xalqaro avtomobil aloqasi bo‘yicha bitimlar imzolandi, bu ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va ishbilarmonlik almashinuvlarini faollashtirish uchun mustahkam asos yaratadi.

    Transport vazirlariga yuk tashish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.

    Davlat rahbari O‘zbekistonda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish, qonun ustuvorligi va xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va JSTga qo‘shilish jarayonini faollashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mo‘g‘ulistonlik ishbilarmonlarga yurtimizda ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini aytdi.

    O‘z navbatida, Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux erishilgan kelishuvlar hamda O‘zbekistonda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, biznes vakillarini faol hamkorlikka va yangi loyihalar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishishga chaqirdi.

    Fikr almashish chog‘ida Mo‘g‘uliston tadbirkorlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ahamiyatini va mamlakatda yaratilayotgan qulay investitsiyaviy va biznes muhitini yuqori baholadi.

    Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar berildi.

    24.06.2024, 16:26   Izoh (0)   2169
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston hamkorligining bir qator yo‘nalishlari aniqlab olindi

    24.06.2024, 13:34

    O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston hamkorligini kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjat imzolandi 

    24.06.2024, 14:24

    “Mo‘g‘uliston prezidentining O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi haqli ravishda tarixiy bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

    24.06.2024, 15:35

    Toshkentda 590 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi 

    24.06.2024, 16:25

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi tushdi

    24.06.2024, 16:03

    Yangi virtual kutubxona — “Mutolaa” ilovasi yarim million marta yuklab olindi

    24.06.2024, 16:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.