Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi hamda ichki ishlar xodimi o‘rtasidagi tortishuv aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIBB xabar berdi.
Unda maʼlum qilinishicha, holat ichki ishlar xodimi qoidabuzarlik sabab bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
“Gentra avtomashinasini to‘xtatganimda monitordan foydalanib kelayotgani maʼlum bo‘ldi. Maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirishimni aytganimda menga qarshilik bo‘ldi. Qo‘l qo‘yishdan bosh tortdi, ustidan ayol kishi kelib menga nisbatan har xil haqoratli so‘zlar ishlatdi”, deydi xodim.
Maʼlum bo‘lishicha, qoidabuzarni himoya qilish uchun avtomobil boshqarib yetib kelgan ayolning hujjatlarida muammolari borligi maʼlum bo‘ldi. Yaʼni u transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan bo‘lgan. Xodim faol qarshilik sabab yordamchi kuch va evakuator chaqirgan.
Ayol esa voqeani quyidagicha izohladi:
“Meni videoga olishni boshladi. Videom chiqmasin deb qo‘llaridan telefonni oldim. Keyin jarima maydoniga olib boramiz, deyishdi. Birinchi qarshilik ko‘rsatdim. Jarima maydoniga bordik, tushunmovchiliklar kelib chiqdi. O‘zim bilmagan holda haqorat qilib qo‘ydim. Bu holat menga dars bo‘ldi. Ichki ishlar xodimidan, xalqimizdan uzr so‘rayman”, deydi u.
Holat yuzasidan sud majlisi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, qoidabuzar ayolga BHMning 30 barobari miqdorida jarima tayinlandi. Uni himoya qilishga kelib, janjalga aralshgan ayolga esa BHMning 3 barobari miqdorida jarima qo‘llandi.
Bundan avval Buxoro viloyatining Jondor tumanida haydovchi Cobalt’ni qasddan YPX xodimi ustiga haydagani haqida xabar berilgan edi. 19-yanvar kuni Navoiyda 16 yoshli bola otasining mashinasida YPX xodimini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi.
Surxondaryoda YPX xodimi qochishga uringan haydovchiga elektroshoker qo‘llagan edi. Surxondaryoda voyaga yetmagan bola YPX xodimini sudrab, Cobalt olib qochgan edi.
Uzr so‘ragan “qahramonlar”
- Samarqandda axloqqa zid harakatlar qilib, ijtimoiy tarmoq “yulduzi”ga aylanganlar uzr so‘rab chiqdi (video)
- “Haripsanlar hammalaring, kelishmagin Toshkentga”. Viloyatliklarni haqoratlagan yigitlarga chora ko‘rildi
- Sirdaryodagi maktabda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘radi (video)
- Qashqadaryolik direktor maktab formasi haqidagi gapi noto‘g‘ri talqin qilinganini aytib, jamoatchilikdan uzr so‘radi
- Toshkentdagi savdo markazlaridan birining mas’uli xodimini kaltakladi. Savdo markazi rahbari voqeadan shokda ekanini aytib, uzr so‘rab chiqdi
Izoh (0)