• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda nafaqa turlari: kimlarga, qanchadan moddiy yordam berilishi mumkin?

    O‘zbekistonda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida davlat byudjetidan o‘ndan ortiq turdagi nafaqa va moddiy yordam pullari to‘lab kelinadi. Ayni paytda moliyaviy yordam tayinlash va to‘lash vazifasini Ijtimoiy himoya milliy agentligi bajarmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi

    Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi yuridik shaxslarda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga tayinlanadi. Nafaqa fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da tayinlanadi va to‘lanadi.

    2022-yil 1-sentyabrdan boshlab homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi hududiy ambulator–poliklinikalarda (tibbiyot muassasalarida) elektron rasmiylashtiriladi va avtomatik ravishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yuboriladi. Reyestr tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari va uning yuridik shaxslarda ishlashi tasdiqlanganda, nafaqani tayinlash to‘g‘risidagi qaror avtomatik qabul qilinadi. 

    Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi miqdori 2 million 484 ming so‘m bo‘lib, bir marta to‘lanadi.
    Foto: migracia.org

    Dafn etish uchun nafaqa

    Bu turdagi nafaqa vafot etgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlariga yoki qonuniy vakiliga, ular bo‘lmaganda esa dafn etishni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxsga tayinlanadi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, o‘lim haqidagi dalolatnoma FHDY organining elektron arxiv tizimida qayd etiladi va nafaqa avtomatik tayinlanadi. O‘lim qayd etilganidan so‘ng, nafaqa puli “Xalq banki” bo‘limi (filiali) tomonidan to‘lanadi.

    Dafn etish uchun nafaqa miqdori 1 million 388 ming so‘m bo‘lib, bir marta to‘lanadi.

    Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”)

    2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzandi uchun barcha ayollarga to‘lanadi. Ikkinchi farzandi uchun esa farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan barcha holatlarda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.

    Yangi tartibga ko‘ra, “suyunchi puli” olish uchun fuqaro Davlat xizmatlari markaziga (DXM) borib, ariza yozadi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) ro‘yxatdan o‘tib, so‘rovnomani to‘ldiradi va uni elektron shaklda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yuboradi. Keyin agentlik nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. 

    Hozirda bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori – 738 150 so‘m.
    Foto: google.com

    O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band qonuniy vakilga nafaqa

    Bu turdagi nafaqa fuqarolar murojaatisiz “proaktiv shakl”da tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda 18 yoshgacha bo‘lgan bolaga nogironlik belgilanganda Ijtimoiy himoya milliy agentligi uning qonuniy vakiliga nafaqa tayinlash uchun elektron maʼlumotlarni so‘rovnoma shaklida “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi. So‘rovnoma raqamlashgan tarzda Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi. O‘rganish o‘tkazilganidan so‘ng nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu haqdagi maʼlumot shaxsning mobil telefon raqamiga SMS shaklida yuboriladi.

    Mazkur turdagi nafaqa nogironligi bo‘lgan bola 18 yoshga kirguniga qadar beriladi. Hozirda nafaqa miqdori oyiga 621 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi.

    Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi

    Bu turdagi nafaqa nogironligi bo‘lgan (shu jumladan, orfan kasalligi bo‘lgan) yoki OIVga chalingan 18 yoshgacha bolalar yoki ularning qonuniy vakillariga beriladi. Mazkur nafaqa ham fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da tayinlanadi va to‘lanadi. Bunda 18 yoshgacha bo‘lgan bolaga nogironlik belgilansa, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, agar OIV tashxisi qo‘yilsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi nafaqalarni tayinlash uchun maʼlumotlarni “Pensiya” tizimiga yuboradi. O‘rganish natijalariga qarab nafaqa tayinlanadi yoki tayinlash rad etiladi.

    Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi miqdori – 747 000 so‘m.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa 

    Bu turdagi nafaqa bolalikdan nogironligi bo‘lgan (I yoki II guruh, 18 yoshdan katta) shaxslarga tayinlanadi. Bunda nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgan shaxs yoki uning qonuniy vakili DXMga o‘zi kelib yoki YIDXPda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi. Murojaatlar raqamlashgan tarzda “Pensiya” axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi va nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi veb–saytida bolalikdan nogironligi bo‘lgan I guruh uchun nafaqa miqdori – 833 750 so‘m, II guruh uchun  – 747 000 so‘m ekani ko‘rsatilgan.

    Nogironlik nafaqasi (I yoki II guruh)

    Bu turdagi nafaqa davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I yoki II guruh nogironligi bor shaxs deb topilgan fuqarolarga tayinlanadi. Nafaqa tayinlanishi uchun fuqaro DXMga borgan holda yoki YAIDX portalida ro‘yxatdan o‘tib ariza yozadi. Murojaat qilish jarayonida alohida hujjatlar talabisiz elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi. Murojaat “Pensiya” axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi va nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

    Nogironlik nafaqasi I guruh uchun – 833 750 so‘m, II guruh uchun – 747 000 so‘mni tashkil etadi.

    Yetarli ish staji bo‘lmagan keksalarga yoshga doir nafaqa

    Bunday nafaqa davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslarga quyidagicha tayinlanadi:

    • bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor (bo‘lgan) onalarga — 55 yosh;
    • ayollarga — 60 yosh;
    • erkaklarga — 65 yoshga yetganda.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Nafaqa tayinlanishi uchun fuqaro Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi kera bo‘ladi. Jarayondan alohida hujjatlar talabisiz elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi.

    Hozirda pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslarga yoshga doir nafaqasi miqdori oyiga 621 ming so‘m. Bu nafaqa turi umrbod muddatga, har oy beriladi. 

    Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi

    Bu turdagi nafaqa davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan, vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolariga beriladi. Jumladan, nafaqa bolalar, aka–ukalar, opa–singillar va nabiralarga mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmagani uchun tayinlanadi. Shu bilan birga, ushbu nafaqani tayinlashda boshqa qator tartiblar mavjud.

    Taʼlim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qish davri davomida (23 yoshga to‘lguncha) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlanishi uchun ham fuqaro DXMga borib yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza yozadi. Murojaat qilish jarayonida alohida hujjatlar talabisiz elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi.

    Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 621 ming so‘mni tashkil etadi. Har bir keyingi oila aʼzosi uchun 212 000 so‘mdan beriladi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam taʼminlangan oilalarga tayinlanadi. Mazkur mablag‘larni olish uchun murojaatchining har bir oila aʼzosiga to‘g‘ri keladigan daromad minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan — 648 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlashda arizachining mehnatga layoqatli oila aʼzolari ish bilan band yoki mehnat organlariga murojaat qilgan bo‘lishlari kerak.

    Shu bilan birga, talabgordan bittadan ko‘p ko‘chmas mulki, noturar ko‘chmas mulki, yangi avtomashinasi, bankda katta miqdordagi depozitlari va qimmatli qog‘ozlari bo‘lmasligi inobatga olinadi.

    Hozirda bolalar nafaqasi miqdori oilada uch yoshgacha bo‘lgan bir bola uchun 325 000 so‘m. Eng birinchi farzand uch yoshdan katta bo‘lsa, unga 250 000 so‘m to‘lanadi. Ikkinchi farzandga ikki holatda ham 150 000 so‘mdan beriladi. Keyingi farzandlarning har biri uchun 100 000 so‘mdan qo‘shiladi. Moddiy yordam miqdori esa oyiga 380 000 so‘m bo‘lib, 6 oy davomida to‘lanadi.

    28.05.2024, 12:15   Izoh (0)   83483
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam: kimlarga, qancha to‘lanadi?

    17.05.2024, 11:45

    O‘zbekistonda “suyunchi puli” tayinlash tizimi o‘zgardi: yangi tartib qanday ishlaydi?

    22.05.2024, 12:48

    O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchilar soni keskin kamaydi

    23.05.2024, 15:21

    O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 2024-yilda qancha kompensatsiya va kafillik yordamlari beriladi?

    27.05.2024, 12:10

    O‘zbekistonda meva va sabzavotlarning o‘rtacha eksport narxlari ma’lum qilindi

    26.05.2024, 10:05

    UzAutoMotors Lacetti ishlab chiqarayotgani maʼlum bo‘ldi. Yana shartnoma beriladimi?

    23.05.2024, 23:52
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.