• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Loyiha ortida AQSH, nishonda esa Xitoy” — katta geosiyosiy o‘yindagi yangi iqtisodiy koridor

    AQSH prezidenti Donald Trampning may oyida Yaqin Sharq mintaqasiga qilgan safari India–Middle East–Europe Economic Corridor (IMEC) loyihasining istiqboliga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Hindiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Isroil va Yevropani qamrab oluvchi ushbu iqtisodiy loyiha Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusiga qarshi kuchli muqobil sifatida ta’riflanmoqda. Quyidagi maqolada loyihaning geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘lchamlari haqida so‘z yuritiladi.

    Loyihaning dunyoga kelishi

    IMEC (India–Middle East–Europe Economic Corridor) loyihasi rasmiy ravishda 2023-yil 9-sentyabr kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida e’lon qilingan. Bu tashabbus Hindiston, AQSh, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yevropa Ittifoqi tomonidan imzolangan anglashuv memorandumi orqali boshlangan.

    IMECning asosiy maqsadi Hindiston, Fors ko‘rfazi mamlakatlari va Yevropa o‘rtasida savdo, transport va raqamli infratuzilmani rivojlantirish orqali iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdir. Loyiha ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

    Sharqiy yo‘nalish — Hindistondan BAA va Saudiya Arabistoniga; 

    Shimoliy yo‘nalish — Saudiya Arabistonidan Isroil orqali Yevropaga.

    Bu koridor temir yo‘l, dengiz yo‘llari, quvurlar va yuqori tezlikdagi raqamli aloqa tarmoqlarini o‘z ichiga olgan multimodal transport tizimini yaratishni nazarda tutadi.

    Biroq 2023-yil oktyabr oyida sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, Isroilning Falastinga nisbatan boshlagan agressiv xatti-harakatlari mintaqani yana olov ichiga tashladi. Natijada Isroilning Iordaniya va Saudiya Arabistoni bilan munosabatlari sovuqlashdi. Vaholanki, bu davlatlar IMEC loyihasining muhim bo‘g‘ini hisoblanar edi.

    Picture background
    G20 sammiti, 2023-yil
    Foto: businesstoday.in

    Trampning qaytishi va loyihaning jonlanishi

    Donald Trampning prezidentlik kursiga qaytishi — tom ma’noda IMEC loyihasiga yangitdan hayot baxsh etdi.

    2025-yil fevral oyida Tramp Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashib, IMEC’ni "tarixdagi eng buyuk savdo yo‘llaridan biri" deb atadi va loyihani qayta faollashtirishga va’da berdi.

    Trampning yondashuvi, AQShning moliyaviy ishtirokini minimallashtirib, mintaqaviy hamkorlar – Hindiston, Saudiya Arabistoni, BAA va Isroil orqali loyihani amalga oshirishga qaratilgan.

    Joriy yilning 13–16-may kunlari Trampning Yaqin Sharqqa qilgan safari davomida Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA bilan umumiy qiymati 2 trillion dollardan ortiq iqtisodiy kelishuvlar imzolandi.

    Saudiya Arabistoni AQShga 600 milliard dollar sarmoya kiritishni va’da qilgan bo‘lsa, Qatar bilan 1,2 trillion dollarlik iqtisodiy hamkorlik kelishuvi imzolandi. BAA esa 200 milliard dollardan ortiq tijorat bitimlarini e’lon qildi.

    Bu kelishuvlar IMEC loyihasining moliyaviy asoslarini mustahkamlash bilan birga, Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi iqtisodiy ta’sirini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, BAA bilan sun’iy intellekt sohasida 1,4 trillion dollarlik hamkorlik bitimi imzolanishi, IMEC doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirishga katta turtki beradi.

    IMEC loyihasi faqatgina Hindistondan Yevropaga mahsulotlarni yetkazib berishni emas, balki neftga boy bo‘lgan arab mamlakatlaridagi neft va gazni Yevropa mamlakatlariga yetkazishni ham o‘z ichiga oladi.

    Masalan, Isroil hukumati Amerikaga Saudiya Arabistonidan Isroilning Qizil dengiz bo‘yida joylashgan Eylat shahrigacha neft quvuri qurishni taklif qilmoqda. Quvurning uzunligi 700 kilometrni tashkil qiladi.

    Bu arab mamlakatlaridagi neftni Yevropa davlatlariga elitish uchun eng qisqa, eng tez va xavfsiz yo‘nalish hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, neft Eylat-Ashkelon quvur liniyasi (EACP) orqali Ashkelon (Isroilning Qizil dengizda joylashgan porti – tahr.)ga va u yerdan O‘rta dengiz orqali Yevropaga tanker bilan yetkaziladi.

    Picture background
    IMEC loyihasining xaritasi
    Foto: frontline.thehindu.com

    Mintaqadagi barqarorlik

    Har qanday iqtisodiy loyiha amalga oshishi uchun — mintaqada avvalo tinchlik bo‘lishi zarur. Savol tug‘iladi: AQSH mintaqada barqarorlik qanday o‘rnatishi va uni nimaning hisobiga ushlab turadi?

    Siyosatshunos Habibullo Azimovning fikricha, Qo‘shma Shtatlar diplomatik vositachilik hamda loyiha doirasida Isroilga katta imkoniyatlar taqdim etish orqali mintaqada tinchlikni ta’minlashi mumkin.

    “India–Middle East–Europe Economic Corridor loyihasining amalga oshishi — iqtisodiy jihatdan katta salohiyatga ega tashabbus sifatida qarab kelinmoqda. Albatta, bu tashabbusni ilgari surish uchun bir nechta mintaqalarda, jumladan Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash nihoyatda ahamiyatli. AQSH boshchiligidagi G‘arb, jumladan G‘azo sektori va Isroil-Falastin hududlarida barqaror tinchlikni ta‘minlash katta ahamiyat kasb etadi. Amerikaning bu boradagi roli hal qiluvchi hisoblanadi. Albatta, u quyidagi yo‘llar bilan mintaqada barqarorlikni ta‘minlashga hissa qo‘shishi mumkin.

    Birinchisi — bu diplomatik vositachilik roli orqali. Bunda Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorida tinchlikni ta‘minlash uchun, Isroilga bu loyiha ichida katta imkoniyatlar berishni kafolatlashi va shu zaylda G‘azoda diplomatik yo‘llar bilan tinchlikni ta‘minlashi mumkin.

    Ikkinchisi — AQSH G‘azodagi gumanitar va iqtisodiy ahvolni yumshatish uchun BMT orqali gumanitar yordamlarni kuchaytirishi mumkin.

    Uchinchisi — Amerika Saudiya Arabistoni, Misr, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bilan birgalikda mintaqaviy xavfsizlik mexanizmlarini ishlab chiqishi va u orqali G‘azoda hamda mintaqada kuchli muvozanatni saqlashi mumkin. Ayniqsa, Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida Ibrohim kelishuvlari Arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi tarixiy mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkonini beradi.

    To‘rtinchisi — Agar haqiqatda Amerika IMEC loyihasiga jiddiy e’tibor qaratadigan bo‘lsa, albatta Yaqin Sharq mintaqasiga tinchlikni olib kelish uchun Isroilga turli xil bosimlar o‘tkazishi mumkin”, deydi u.

    Habibullo Azimov
    Foto: Daryo

    Eron omili

    IMEC loyihasining amalga oshishi mintaqada kuchli ta’sir ega bo‘lgan Eronning pozitsiyalarini bir muncha zaiflashtiradi. Eron uzoq yillardan beri o‘z hududini Hindiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yevropa o‘rtasida transport va tranzit yo‘lagi sifatida ilgari surib kelayotgan edi.

    Ayniqsa, oxirgi vaqtlarda INSTC – International North–South Transport Corridor loyihasi jonlanib qolgan edi. Boshqa yo‘nalishlar IMEC tufayli yanada raqobatbardosh bo‘lganidan so‘ng, INSTC va boshqa Eron asosidagi yo‘llar e’tiborsiz qolishi mumkin.

    Yaqin Sharqda sarmoyalar va infratuzilma rivoji IMEC atrofida jamlanadi, bu Eronning mintaqaviy pozitsiyasini zaiflashtiradi. Shu tufayli Eron IMEC‘ga muqobil sifatida INSTC (Shimol-Janub koridori) loyihasini kuchaytirishga urinmoqda.

    Bu yo‘nalish Eronni Hindiston va Rossiyani bog‘lovchi asosiy yo‘lga aylantirishga qaratilgan. Shuningdek, Eron Xitoy bilan yaqinlashuv (masalan, 25 yillik strategik hamkorlik bitimi) orqali iqtisodiy alternativlar izlamoqda.

    Picture background
    Shimol-Janub koridori
    Foto: researchgate.net

    Yevropaning loyihaga munosabati

    Yevropaning bir qator yetakchi mamlakatlari, ayniqsa Fransiya va Italiya IMEC loyihasini strategik va iqtisodiy imkoniyat sifatida ko‘rib, faol ishtirok etishga intilmoqda.

    Masalan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron IMEC loyihasiga katta ahamiyat berib, uni Fransiyaning milliy manfaatlariga muvofiq deb hisoblashini aytgan. Hatto, ushbu loyihani ilgari surish uchun sobiq Engie kompaniyasi rahbari Jerar Mestraleni Fransiyaning maxsus vakil etib tayinlangan.

    Fransiyaning maqsadi — Marsel portini Yevropadagi asosiy kirish-chiqish nuqtasiga aylantirish va Fransiya kompaniyalarini transport, energetika, muhandislik va infratuzilma sohalarida ishtirok etishga jalb qilishdir

     Italiya IMEC loyihasini O‘rta yer dengizi, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash vositasi sifatida ko‘radi. Bosh vazir Jorjiya Meloni BAA bilan strategik kelishuvlar imzolab, Italiya kompaniyalarining energetika, transport va telekommunikatsiya sohalarida ishtirokini ta‘minlashga intilmoqda.

    Italiya, shuningdek, Xitoy bilan 2019-yilda imzolangan "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusidan 2023-yil dekabr oyida rasmiy ravishda voz kechdi. Bu esa uni IMEC loyihasiga yanada ko‘proq e‘tibor qaratilishiga sabab bo‘lmoqda.

    Picture background
    Xitoyning "bir kamar, bir yo‘l" loyihasi
    Foto: thetotalbusiness.com

    Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlari IMEC loyihasini muhim infratuzilma tashabbusi sifatida qo‘llab-quvvatlamoqda. 2024-yilning iyun oyida Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida IMEC loyihasiga moliyaviy va siyosiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

    Bir so‘z bilan aytganda, IMEC loyihasi katta o‘yin sahnasidagi yangi yo‘lak. U Hindiston, Yaqin Sharq va Yevropani bog‘lovchi yangi multimodal iqtisodiy yo‘lak bo‘lib, u global savdo tizimini diversifikatsiya qilish, tranzit vaqtini qisqartirish va Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusiga muqobil yaratish maqsadida ilgari surilmoqda.

    Loyiha AQSH, Yevropa Ittifoqi, G7, Hindiston, Saudiya Arabistoni va boshqa strategik sheriklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

    Bir so‘z bilan aytganda, IMEC – bu XXI asr infratuzilma siyosatining markazida turgan eng yirik geoiqtisodiy loyihalardan biri bo‘lib, uning taqdiri Yaqin Sharqdagi barqarorlik, ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi ishonch va xalqaro siyosiy muvozanatga bevosita bog‘liq.

    31 may, 17:25   Izoh (0)   2421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Hindiston#Eron#Yaqin Sharq#IMEC loyihasi#geosiyosat
    Sardor Ali Nurmatov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40

    Eron yadroviy obyektlari AQSH hujumidan oldin evakuatsiya qilingan — OAV

    Dunyo | 22 iyun, 13:07

    Ukraina tez orada qurol eksportini yo‘lga qo‘yadi

    Dunyo | 22 iyun, 12:54

    O‘zbekistonda hafta boshida 44 darajagacha issiq bo‘ladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 12:20

    Tramp Eronga hujum sabab impichment bilan yuzlashishi mumkin

    Dunyo | 22 iyun, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.