O‘zbekistonda 27-iyul kuni havo sezilarli salqinlashadi.

“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, issiq biroz pasayishiga qaramay, juma va shanba kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari 38-40 daraja atrofida, respublika janubida 41-43 darajashgacha bo‘lgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.
27-iyul, yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat 34-37 darajagacha, janubda 38-39 darajagacha pasayadi.
O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduz kunlari 25—26-iyulda 38-40 daraja, 27-iyulda 35-37 daraja, kechalari esa asosan 22-25 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)