• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot Toshkent sh.

    Toshkentda pulli to‘xtash joylari uchun qayta savdo o‘tkazildi

    Toshkent ko‘chalarida avtomobillarning pulli to‘xtab turish joylarini tashkil etish huquqi uchun 17-dekabr kuni takroriy auksion o‘tkazildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Spot’ning yozishicha, savdo jarayoni 20 daqiqadan ko‘proq davom etib, ikki stavkadan so‘ng yakunlangan. Natijada Streetpark Systems kompaniyasi g‘olib bo‘lgan. Kompaniya lot uchun 62,93 milliard so‘m — boshlang‘ich narxdan 10 foizga yuqori narx taklif etgan.

    Noyabr oyi oxirida o‘tkazilgan avvalgi auksionda Balcomuz qo‘shma korxonasi g‘olib bo‘lgandi. Kompaniya 3 yil davomida avtoturargohlarni ijaraga olish uchun taxminan 120 milliard so‘m taklif qilgan, ammo kelishuv tasdiqlanmagan.

    G‘olib kompaniya haqida

    Streetpark Systems 2024-yilning 13-noyabrida ro‘yxatga olingan. Kompaniya ta’sischilaridan biri — Kudratbek Dilshadovich Yakubov bo‘lib (Leader Great Trade, Aziz Export 777, Prime Avto Consulting MCHJlariga ham egalik qiladi), u 75 foiz ulushga ega. Qolgan 12,5 foizi Vengriyaning iCell Mobilsoft Zrt va Kasy Park kompaniyalariga tegishli.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, Toshkentda pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqi uchun o‘tkazilgan birinchi auksionning asosiy va zaxira g‘olibi yer ijarasi bo‘yicha shartnoma imzolamagani sababli ularning g‘olibligi bekor qilingan. 572 million so‘m miqdoridagi omonat kuyib ketgan Balcomuz kompaniyasi 12 oyga auksionlarda ishtirok etishdan chetlatilgan. Zaxira g‘olibining ham omonati kuyib ketgan.

    Toshkentda pulli to‘xtash joylari

    Foto: Toshkent shahar transport boshqarmasi

    Toshkentda avtomobillar uchun yo‘l bo‘ylarida pulli to‘xtash joylari tashkil etilishi haqida 2021-yilda ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda “Toshkent shahar transporti va yo‘l-transport infratuzilmasini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida poytaxtdagi tirbandliklarni, markaziy ko‘chalarda transport oqimini kamaytirish, avtomobillarning yo‘l bo‘yida betartib to‘xtashini tartibga solish maqsadida yagona avtomobil yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylari tizimini tashkil etish zarurligi aytilgandi.

    Dastlab 10 ta markaziy ko‘chada pulli avtomobil to‘xtash joylari tarmog‘i paydo bo‘lishi e’lon qilindi.

    Prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga muvofiq, 2022-yilda 10 ta markaziy ko‘chalarda, ya’ni Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Shevchenko, Said Baraka, Moshtabib, Fidokor, Sodiq Azimov va Yakub Kolas ko‘chalarida davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pulli to‘xtash joylarini tashkil etish belgilandi.

    2024-yil 16-oktyabr kuni Shavkat Umurzoqov Toshkent shahrida transport vositalarining pulli to‘xtab turish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatda pulli to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdori ham tasdiqlandi. Parking hududlari 5 ta tarif zonasiga bo‘linadi.

    Bir soatlik to‘xtab turish narxlari:

    • 1-tarif zonasida 12 ming so‘m;
    • 2-tarif zonasida 10 ming so‘m;
    • 3-zonada 8 ming so‘m;
    • 4-zonada 6 ming so‘m;
    • 5-tarif zonasida 5 ming so‘mni tashkil qiladi.

    Parking transport vositalarini saqlash uchun mo‘ljallanmagan. U yerda uchinchi shaxslar tomonidan transport vositalarining olib qochilishi va shikastlanishi xavfi avtomobillar egalari zimmasida qoladi.

    Ijaraga beriladigan maydonlarning umumiy hajmi 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Bunda quyidagi ko‘chalar qamrab olinadi:

    • Toshkentning markaziy qismi (jumladan, Amir Temur xiyoboni, Movarounnahr, Istiqlol, Yahyo G‘ulomov, O‘zbekiston ovozi, Istiqbol, Sodiq Azimov, Taras Shevchenko, Shahrisabz, Yakkachinor, Shastri, Mahatma Gandi, Hamid Olimjon, Chexov va boshqa ko‘chalar);
    • Uchtepa va Chilonzor tumanlari (Kichik halqa avtomobil yo‘li, Farhod, Lutfiy, Cho‘ponota, Muqimiy, Qatortol, Chilonzor, Arnasoy, Yesenin, Beshqayrag‘och ko‘chalari);
    • Sergeli va Yangihayot tumanlari (Yangi Sergeli, Tursunzoda, Alaviya, Shokirariq, Islom Sattorov, Qipchoq, Qo‘rg‘ontepa, Birodarlik ko‘chalari);
    • Olmazor va Shayxontohur tumanlari (Labzak, Sebzor, Gulobod, Forobiy, Beltepa, Qoraqamish, Qorasaroy, Shimoliy Olmazor ko‘chalari);
    • Bektemir tumani (Husayn Boyqaro ko‘chasi);
    • Mirobod tumani (Yangi Qo‘yliq ko‘chasi);
    • Yashnobod tumani (Ohangaron yo‘li ko‘chasi, Quyi Tolariq, Sivets, Quruvchilar ko‘chalari).
    Foto: E-auksion

    2024-yil 19-yanvarda “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolangandi. Qonunda pulli to‘xtab turish joylarining egalari ushbu joylardan foydalanganlik uchun to‘lov miqdorini Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan yuqori bo‘lmagan tariflar bo‘yicha mustaqil ravishda belgilashi qayd etilgan.

    19.12.2024, 12:00   Izoh (0)   9561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #pulli to‘xtab turish#pulli parkovka

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 2 mingdan ortiq yo‘l bo‘yi pulli avtomobil to‘xtash joylari tashkil etiladi

    21.11.2022, 17:52

    O‘zbekistonda fuqarolarning ham yo‘l harakati sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda ishtiroki belgilanmoqda

    27.10.2023, 13:31

    O‘zbekistonda pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar belgilandi 

    20.01.2024, 19:07

    Toshkentda pulli to‘xtab turish joylari uchun to‘lovlar miqdori tasdiqlandi

    17.10.2024, 11:15

    “Daryo” dayjesti: 17-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    17.10.2024, 22:39

    Toshkentda tashkil etiladigan pulli to‘xtash joylarining yagona boshqaruvchisi bo‘lishi kutilmoqda

    14.11.2024, 08:35

    Taqiqlangan joyda to‘xtagan taksichilar ham jarimaga tortiladimi? Ochiq qolayotgan savollar

    22.11.2024, 19:58

    “Parkovka monopolisti”: Toshkentda pulli to‘xtash joylari yagona boshqaruvchiga sotildi

    26.11.2024, 14:32
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 16:47

    Eron raketa zarbalaridan Isroildagi turar joylar vayron bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 15 iyun, 15:41

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.