• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Markaziy Osiyo

    “Afg‘onlar biz bilan urishmaslik uchun suvdan richag sifatida foydalanyapti” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    “‘Tolibon’ bilan urishib bo‘lmaydi, kelishish kerak”, deydi siyosatshunos Hamid Sodiq “Vatandosh TV” klubining Qo‘shtepa kanaliga oid muloqotida.

    Joriy yil 14-may kuni klubda Afg‘oniston qurayotgan Qo‘shtepa kanali to‘g‘risida suhbatlashildi. Maʼlumotlarga ko‘ra, kanal Amudaryo suvining beshdan bir qismini “tortib oladi”. Bu holat daryo suvidan foydalanuvchi mamlakatlar o‘rtasida nizo keltirib chiqarishi mumkin.

    Kecha, 12-iyun kuni mazkur muloqotdan videoparcha eʼlon qilindi. Unda siyosatshunos Hamid Sodiq fikrlari o‘rin olgan.

    Liberal tafakkur haqida

    Hamid Sodiq fikricha, liberal qarashdagilar uchun mamlakatda institutlar muhim. Agar u bo‘lmasa, subyekt ham bo‘lmaydi.

    “Liberallarda siyosiy institutlar birinchi o‘rinda turadi. Ular ‘agar bizning ko‘rinishimizda bo‘lmasang, sen bilan urishamiz’, deydi. Shuning uchun ham Farhod aka va bu yerdagi boshqa siyosiy fikrlar bildirayotganlar ‘agar yechim bo‘lmasa, urishamiz’, deyapti (siyosatshunos Farhod Tolipov Amudaryodan suv olishga afg‘onlarning haqi yo‘qligi, tinchlik uchun urushga tayyor turish kerakligini aytgandi— tahr.).

    Urusha olmaysizlar. ‘Tolibon’ bilan urishib bo‘lmaydi. Liberal qarashda urush eng yomon narsa. Urush eng oxirgi chora. Kim bilan urishish mumkin? ‘Urushdan ham yomonroq narsani olib kelsa, urishish mumkin’, deydi liberal davlat. Va suv masalasida urishish mumkin. Shuning uchun mana shunaqa konstrukt shakllantirilyapti. Isteʼmol muhimmi yoki institutlar muhimmi, degan konstruktda fikrlaydigan bo‘lsak, men isteʼmol muhim, degan bo‘lardim”, dedi tahlilchi.

    Hamid Sodiq

    “Liberallar afg‘onlarni o‘ldirdi”

    Hamid Sodiq fikrini davom ettirib, Afg‘onistonning 40 million aholisi borligini unutmaslik zarurligini taʼkidladi. Shu bilan birga, siyosatshunos inson huquqlari bayroqdorlari qurolsiz aholini o‘ldirganini aytdi.

    “Butun dunyoning liberal markazi bo‘lgan AQSH inson huquqlarining eng katta ‘bayroqdori’. Yana bir jihatini aytaman, lekin bu pul bilan taʼminlanayotganlarning esidan chiqadi. 2001–2021-yillar. 20-yil. 100 nafar harbiy, 46 319 nafar mahalliy aholi, yaʼni qurol ko‘tarmaganlar. Shularning uchdan ikki qismi ayollar bilan bolalar edi. Ularni liberallar, inson huquqlari bo‘yicha gapirayotganlar o‘ldirdi. Nima uchun liberallar o‘ldirsa, biz inson huquqlari haqida eshitmaymiz? 46 mingdan ortiq odamni Yevropa va Amerikaning askarlari o‘ldirdi. Tushunyapsizmi? Nima uchun unutasiz”, deya savol qo‘ydi ekspert.
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Aqlga sig‘maydigan ish qilingan”

    Hamid Sodiq o‘zbeklar afg‘onlar bilan ikki marta urishganini esladi. Siyosatshunos so‘zlariga ko‘ra, bu aqlga sig‘maydigan hodisalar bo‘lgan.

    “Birinchisi, SSSR kelgan paytda ‘Tolibon’: ‘o‘rtoqlar, bizlar musulmon davlatlarimiz. Bir-birimiz bilan urishmaylik. Dushmanlar bilan qo‘shilib kirmanglar’, deb aytdi. O‘sha paytda ahvolimiz og‘ir edi. Chunki mustamlaka edik. Kirdik va afg‘onlar bilan urishdik.

    Ikkinchisida mustaqil edik. Afg‘onlar mana xuddi ikkinchi spikerimiz singari: ‘o‘rtoqlar, bu aqlga sig‘maydigan narsa’, dedi. ‘Bizlarga urush bilan kirishingiz, yaʼni dushmanlarimizga yeringizni berib turishingiz, aqlga sig‘maydigan ish’, deyishdi. Aqlga sig‘maydigan ishni birinchi biz qildik.

    Afg‘onlar hali bizlarga mutlaqo tahdid qilgan emas. Agar faktik, real nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, biz teskarisi, afg‘onlarga ikki marta urush bilan kirganmiz. Umar yoki Oxunzoda so‘zi bilan boshlansa, bizlar uchun odam emas, ular hech narsani tushunmaydi, deb o‘ylaymiz. Lekin hozirgi hukumat to‘g‘ri yo‘ldan boryapti. Mirziyoyevni men mutlaqo qo‘llaydigan yo‘nalishlaridan biri — bu Afg‘oniston masalasi. Ko‘p masalalarda ochiq tanqid qilaman, lekin Afg‘oniston masalasida biz ular bilan kelishishimiz kerak”, dedi mutaxassis.

    “Afg‘onlar bitimlarga amal qilyapti”

    Hamid Sodiq 2016-yildan beri Afg‘oniston bitimlarga amal qilib kelayotganini taʼkidladi.

    “To‘g‘ri, bitimga erishish qiyin. Lekin nima bitim qilgan bo‘lsak, ular amal qilib kelmoqda. Yaʼni ularni ‘butunlay manqurt, hech narsani tushunmaydigan xalq’, deb o‘ylash kerak emas. Ha, qiyin bo‘ladi, lekin bitimlarga erishishimiz kerak. Ular suvdan foydalanishi lozim.

    Yana bir jihatni unutmaylik: urush afg‘onlarning qon-qonigacha, madaniyatigacha singib ketgan. Ularning iqtisodi ham, siyosati ham — urush. Qo‘shiqlari ham urush, kinolari ham urush. Chunki shunaqa davlat. Qarang, afg‘onlar biz bilan urishmaslik uchun undan sal yaxshiroq narsani qo‘llayapti — suv bilan richag qilyapti. Bu balki noto‘g‘ridir. Lekin shuning atrofida maʼlum bir dehqonchilik bilan bog‘liq infrastruktura yaratilsa, ular bizlar bilan urishmasligi mumkin. Men bilaman, liberal tafakkurdagi odamlarga juda ham qiyin bo‘ladi. Chunki ular afg‘onlarni subyekt deb tan olmaydi”, dedi ekspert.

    Maʼlumot uchun, Qo‘shtepa uzunligi 285 kilometrli, eni 100 metrli, chuqurligi o‘rtacha 8 metr bo‘ladigan yirik kanal. Uning qurilishi kelgusi to‘rt yil ichida yakunlanishi kutilmoqda. Avvalroq gidrolog Sobir Qodirov XX asrda neft uchun kurash avj olgan bo‘lsa, XXI asrda bu kurash suv uchun bo‘lmoqda.

    13 iyun, 16:33   Izoh (0)   7361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Hamid Sodiq#Afgʻoniston#“Tolibon”#Qoʻshtepa kanali#Amudaryo#suv

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘ylama, faqat o‘yna!”: tiraniya, uyg‘onish va Monteskiening “Qonunlar ruhi” asari haqida

    27.05.2024, 17:25

    Toshkentning ko‘plab hududlarida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi (ro‘yxat)

    04.09.2024, 19:38

    O‘zbekistonda islom moliyasi joriy etilsa, zamonaviy banklar “sinishi” mumkinmi?

    14.09.2024, 19:25

    “Hattoki davlat byudjeti ham korrupsiya bilan ijro etiladi”. O‘zbekistonda poraxo‘rlik va tanish-bilishchilik qachon yo‘qoladi?

    04.10.2024, 11:30

    Toshkentda tashkil etiladigan pulli to‘xtash joylarining yagona boshqaruvchisi bo‘lishi kutilmoqda

    14.11.2024, 08:35

    Prezidentning Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi

    16.11.2024, 13:55

    O‘zbekistonda yangidan shakllangan Senat tarkibi ma’lum qilindi 

    17.11.2024, 10:49

    Islom va demokratiya: tafovutlar, anʼanalar, qadriyatlar hamda hokimiyat prinsiplari haqida

    12.12.2024, 18:15

    Toshkentda pulli to‘xtash joylari uchun qayta savdo o‘tkazildi

    19.12.2024, 12:00

    Toshkent invest kompaniyasi “Pulli to‘xtash joylari” dasturini yaratish uchun qariyb 8 mlrd so‘m mablag‘ sarflaydi

    3 yanvar, 12:21

    “Uchinchi jahon urushi alomatlari bor” — Hamid Sodiq dunyo depressiv holatdaligini aytdi

    7 may, 12:24
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.