• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Ob-havo

    O‘zbekistonda jazirama issiq qancha davom etadi?

    O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 25–29-iyul kunlari havo harorati 43 darajagacha isiydi. Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, bunday harorat termik depressiya jarayonini keltirib chiqarishi mumkin.

    Foto: Google Images

    Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekistonda iyul va avgust oyi boshlarida anomal issiq havo kuzatilishini prognoz qilgandi. Institut olimlari tahlilida bunday g‘ayritabiiy harorat taʼsirida mintaqada termik depressiya (termal tushkunlik) vujudga kelishi ham qayd etilgan.

    “Termik depressiya yozgi sinoptik jarayon bo‘lib, Markaziy Osiyoning janubi-sharqida past bosimli hududning paydo bo‘lishi, quruq jazirama issiq ob-havo bilan tavsiflanadi. Bu davrda Markaziy Osiyo tekislik hududlarida havo harorati 44–46 darajagacha, baʼzi hollarda 48 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin. Termik depressiyaning davomiyligi 2–3 sutkadan 5–7 sutkagacha, baʼzi yillarda esa 1,5–2 haftagacha davom etishi kutiladi”, deyilgan 5-iyun kungi institut tahlilida.

    Olimlar fikricha, so‘nggi paytlarda termik depressiya kuzatilgan davrda mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot tarmoqlari hamda energetik tizimda kuchli zo‘riqishlar kuzatilmoqda.

    “O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 25–29-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘ylab juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40–43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44–45 darajagacha ko‘tariladi.

    Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bugundan (25-iyul kuni) boshlab jazirama issiqlikning birinchi bosqich taʼsiriga o‘tilishi haqida yozdi.

    “Toshkent, Samarqand viloyatlari va vodiy kabi aholi zich istiqomat qiluvchi hududlarda issiqlikning yuqori taʼsiri 26–27-iyul kunlariga to‘g‘ri keladi. Joriy issiqlik to‘lqini termik depressiya jarayoni bo‘lib, u joylarda tunlarda ham haroratning yuqori bo‘lishi, inson hafsalasini pir qiluvchi dim hamda tungi uyquga sezilarli taʼsir ko‘rsatuvchi iqlimiy muhitni taqdim etadi. Menimcha, barcha iqtisodiyot tarmoqlari, masʼul tuzilmalar, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga issiqlik to‘lqinlarining tarmoqlarga taʼsirini kamaytirish, uning salbiy oqibatlarining oldini olishda zarur tavsiyalarini berib o‘tmog‘i darkor”, deb yozgan mutaxassis.
    Skrinshot: “O‘zgidromet”

    “O‘zgidromet” saytidagi so‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 25-iyul kuni soat 14:00 holatiga eng issiq havo harorati Termiz shahrida kuzatilmoqda — 42,2 daraja. Shu bilan birga, Qarshi, Buxoro, Navoiy  shaharlarida 40,2 daraja, Toshkent shahrida 39,1 daraja issiq bo‘lmoqda.

    Tahlillarga ko‘ra, ob-havoning keskin isib ketishi birinchi navbatda bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir taʼsir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham baʼzi qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. 

    Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga jazirama issiqdan saqlanish qoidalarini eslatdi. Qayd etilishicha, soat 10:00 dan 17:00 gacha salqin joylarda bo‘lish, paxta matoli liboslar va bosh kiyim kiyish, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish maqsadga muvofiq.

    Kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichish zarur. Lekin gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva isteʼmol qilmaslik kerak. Yog‘li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha ko‘proq meva-sabzavotlar isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Och qoringa yoki ovqat yegandan so‘ng darhol quyosh ostida bo‘lmaslik tavsiya etiladi.

    Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlaydi. 

    Hukumat qarorida issiq ob-havo maydan sentyabrgacha bo‘lgan davrda kamida besh kun davomida 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan harorat ko‘rsatkichi sifatida taʼriflangan. Hujjatda issiq ob-havo xavfli meteorologik hodisa ekani keltirilgan.

    Anomal issiq ob-havo esa o‘ta xavfli meteorologik hodisa sifatida tasniflangan.

    “Aprel oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda besh va undan ko‘p kun davomida iqlimiy meʼyordan 7 daraja va undan yuqori bo‘lgan o‘rtacha sutkalik havo harorati ko‘rsatkichlariga anomal issiq ob-havo deyiladi”, deya qayd etilgan qarorda.

    Avvalroq Erkin Abdulahatov hozir insoniyat 125 ming yillik tarixidagi eng issiq davrni boshdan o‘tkazayotganini aytgandi. Olim mavzuni tahlil qilib, O‘zbekistonda 2030-yilga borib havo harorati doimgidan 2–2,5 daraja, 2040-yillarda 4 daraja, 2080-yillarda 6 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligini taʼkidlagan.

    “Sanoat davrida yashayotganimiz, energiya ishlab chiqarayotganimiz tufayli atmosferaga haddan tashqari ko‘p gazlarni chiqaryapmiz. Iqlim o‘zgarishida inson omili asosiy rol o‘ynayapti. Dunyo mutaxassislarining 90 foizi hozirgi iqlim isishiga antropogen (inson taʼsirida) omil sabab bo‘lyapti, degan fikrda”, deya holatni tahlil qilgan mutaxassis.

    Iqlimshunos iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun hududlarda yashillikni ko‘paytirish, suvdan to‘g‘ri foydalanish, ishlab chiqarish sohalari va qayta ishlash jarayonlarida meʼyorga amal qilish muhimligini aytgan.

    25.07.2024, 16:40   Izoh (0)   153670
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Havo harorati eng issiq davrga kirib boryapmiz” — iqlimshunos O‘zbekiston va dunyodagi iqlim o‘zgarishi haqida   

    14.06.2024, 16:54

    O‘zbekistonda anomal issiq qachon kuzatilishi mumkinligi prognoz qilindi

    16.06.2024, 23:28

    “27-iyunda O‘zbekiston aholisi mavsum uchun eng issiq harorat to‘lqini bilan to‘qnashadi” — iqlimshunos

    26.06.2024, 20:10

    2024 yil iyul oyi davomida qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    01.07.2024, 21:40

    O‘zbekistonda 2024 yilning yozni birinchi oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi

    05.07.2024, 19:04

    O‘zbekistonda 24-iyul kuni havo harorati 43 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda

    23.07.2024, 10:58

    O‘zbekistonda 25-iyul kuni harorat yana ko‘tarilishi mumkin

    24.07.2024, 13:35

    FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi 

    25.07.2024, 10:40

    O‘zbekistonda 26-iyul kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi  

    25.07.2024, 13:16

    O‘zbekistonda dam olish kunlari ham jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda 

    26.07.2024, 13:21

    O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarildi 

    26.07.2024, 15:26
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.