Namangan viloyati Pop tumani hokimi almashdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xalq deputatlari Pop tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.
Viloyat rahbari keyingi yillarda Pop tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib, hozirga qadar Pop tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan A’zamjon Sultonov salomatligiga ko‘ra vazifasidan ozod etish haqida ariza yozganini ma’lum qildi.
Deputatlar Namangan viloyati hokimining Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qulladi. Unga milliy urf-odatlarga ko‘ra hurmat-e’tibor ko‘rsatildi.

Sessiyada hududni rivojlantirish, odamlarning bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarur.
Deputatlar Namangan viloyati hokimining G‘ulomjon Murodxo‘jayevni Pop tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan tasdiqladi.
Hokimlikka tayinlovlar:
Izoh (0)