• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Tish pastasining 90 foizini beshta korxona import qiladi”. O‘zbekistonda pardoz va gigiyenik vositalar importi monopollashganmi?

    Mamlakatga ayrim turdagi pardoz va gigiyenik tovarlarning katta qismini kam sonli korxonalar import qilmoqda. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi o‘rganish o‘tkazilganini xabar qildi. 

    Infografika: Raqobat qo‘mitasi

    Qo‘mita O‘zbekistonda mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinmagan ayrim pardoz va gigiyenik vositalar bozorlarini tahlil qilgan. O‘rganishlar 2023-yilgi Milliy statistika va Bojxona qo‘mitalari maʼlumotlari asosida o‘tkazilgan.

    Qayd etilishicha, respublikada dezodorant mahsulotlari ishlab chiqaruvchi uchta korxona mavjud. Mazkur turdagi gigiyenik vositalarning 91 foizini ulardan bittasi ishlab chiqargan. 2023-yilgi mahalliy tovarlar hajmi 7,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

    Mamlakatda dezodorant importyorlari soni 115 ta. Jami importning 69 foizi beshta korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yil davomida ushbu mahsulotdan 27,1 mln dollarlik import qilingan.

    Dezodorant bilan bozorning to‘yinganlik darajasi bor-yo‘g‘i 2,4 foiz bo‘lgan. Mahsulot importining 36 foizi Turkiyadan, 28 foizi BAAdan amalga oshirilgan.

    Infografika: Raqobat qo‘mitasi

    Respublikada soch uchun shampun ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 32 ta bo‘lib, uchtasiga jami mahsulotlarning 49 foizi tegishli bo‘lgan. Shampun importchilari esa 245 ta. Importning 84 foizi beshta korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    O‘zbekistonga 43 foiz shampun Turkiyadan, 20 foizi Rossiyadan import qilingan. Mahalliy mahsulot bilan bozorning to‘yinganlik darajasi 36,3 foizni tashkil etgan.

    Qo‘mitaning maʼlum qilishicha, mamlakatda tish pastasi ishlab chiqaruvchi to‘rtta korxona mavjud. Shundan uchtasi mahsulotning 71 foizini ishlab chiqaradi.

    Infografika: Raqobat qo‘mitasi

    Mahsulot importyorlari soni 116 ta bo‘lib, xorijdan 90 foiz tish pastalarini beshta korxona import qiladi. 2023-yilda respublikaga jami 21,6 mln dollarlik tish pastalari chet eldan olib kelingan.

    Tish pastasi importining 67 foizi Xitoydan amalga oshirilgan. Mamlakatda bozorning mahalliy mahsulot bilan to‘yinganlik ko‘rsatkichi atigi 2,9 foiz bo‘lgan.

    Qo‘mita mamlakatda lab makiyaji uchun vositalar ishlab chiqaruvchi korxona soni bitta ekanini qayd etgan. Mazkur mahsulot importyorlari soni esa 70 ta bo‘lib, xorijdan savdoning 49 foiz ulushi beshta korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan.

    Infografika: Raqobat qo‘mitasi

    Lablar uchun makiyaj vositalarining 47 foizi Xitoydan keltirilgan. Mazkur bozorning mahalliy mahsulotlar bilan to‘yinganlik darajasi 31,4 foizni tashkil etgan.

    O‘zbekistonda yuzni pardozlash uchun upa (pudra) ishlab chiqaruvchi beshta korxona bor. Shundan ikkitasi 97 foiz upalarni ishlab chiqaradi.

    Infografika: Raqobat qo‘mitasi

    Pudra importyorlari soni 54 ta bo‘lib, 86 foiz import beshta korxona izmida bo‘lgan. 2023-yilda mamlakatga 1,7 mln dollarlik upalar import qilingan. Pudralarning 48 foizi Xitoydan xarid qilingan. Mazkur turdagi mahsulot bilan bozorning to‘yinganlik darajasi 13,2 foizni tashkil etgan.

    Iqtisodchilar nima deydi?

    Mazkur xabarga munosabat bildirar ekan, iqtisodchi Otabek Bakirov “O‘zbekistonda tish pastasi-yu, shampungacha import monopollashtirilgan”, deb yozdi.

    “O‘zbekiston bozori nafaqat mahalliy tovarlar va xizmatlar, balki import kanallari ham o‘zaro bo‘lishib, tor doirada taqsimlanib olingan unikal makon hisoblanadi. Uzoqqa emas, hatto Qirg‘iziston va Qozog‘istonga chiqqanda ayni bir tish pastasi yoki shampun O‘zbekistondagidan ancha arzon ekaniga ko‘p marta guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz kerak. Buning sababi yana o‘zbekistonliklarni talayotgan, yeb to‘ymas monopoliyalarda. Raqobat qo‘mitasi bozordagi og‘ir reallikni ochib tashlash bo‘yicha navbatdagi ratsional ishga qo‘l urib, ayrim tovarlar importida konsentratsiyasi darajasini o‘rgangan.
    Masalan, tish pastasi importining 90 foizi beshta importchi hissasiga to‘g‘ri keladi. Agar antimonopoliya bu korxonalarning iqtisodiy va huquqiy afillangani holatini o‘rganganida, yanayam dahshatli manzaraga duch kelgan bo‘lardi. Yaʼni de fakto tish pastasi importini bir yarimta yoki ikkita kontora nazorat qiladi. Xuddi shunaqa shampun importida import kanallarining 84 foizini, pardozlash mahsulotlari importchining 86 foizini beshta importchi o‘z qo‘liga olgan (bu yerdayam ikki yarimta importchi bor o‘zi).
    Tarqatuvchilarga ko‘ra, ayrim importchilarning ulushi 50 foizdan katta. Raqobat qo‘mitasi mazkur importchilarni yanada chuqurroq o‘rganib, boshlangan irodali harakatlarni oxiriga yetkazishi, ularning ustuvor mavqega ega, yaʼni monopolist deb topishi kerak”, deya qayd etgan mutaxassis.

    Iqtisodchi Behzod Hoshimov esa Otabek Bakirovning fikrlariga qo‘shilmasligini bildirdi. Uning fikricha, Raqobat qo‘mitasi tarmoqlar iqtisodiyotini tushunishi kerak. Qo‘mita eʼlon qilgan infografikani ko‘rib, bilmagan odam mavjud tarmoq haqida xato fikrga borishi mumkin.

    “Masalan, yuqori konsentratsiya demak bu bozorda raqobat cheklanyapti degan xato xulosa qilishi mumkin. Muammo shundaki, konsentratsiya darajasi — isteʼmolchi va bozor nuqtayi nazaridan — ahamiyatsiz raqam. Yana bir muammo shundaki, tovarlarni bir bozorni ichida birlashtirish qiyin. Birinchi masala haqida — konsentratsiya yaxshi raqobat va to‘g‘ri vertikal integratsiya natijasida yuqori samaradorlikka ega korxonalar tomonidan bo‘lishi mumkin.
    Deylik, internetdagi qidiruv bozorida Google mutlaq yetakchi, yoki elektron pochta bozorida atigi ikki korxona, Microsoft va Google bozorni 80-90 foiz ulushiga ega. Bu muammomi? Albatta yo‘q. Ular yaxshi korxona bo‘lgani uchun, isteʼmolchilarga yoqqani uchun yuqori konsentratsiyaga ega”, deya fikr bildirgan professor.

    Behzod Hoshimov mavzuni tahlil qilarkan, lablar makiyaji uchun vositalar misolida har xil bozor nima ekanini tushuntirishga urindi.

    “Ikkita rasm — ikkisida bir qarashda bir xil tovar — raqobat qo‘mitasini atamasi bo‘yicha “lablar makiyaji uchun vosita”. Biri 145 funt, ikkinchisi 2,5 funt. Farqi sal kam 60 barobar. Shu ikki ishlab chiqaruvchi va sotuvchi uchun — bu tovarlar umuman bir xil emas, yaqin ham emas. Bularni isteʼmol qiladiganlar uchun ham bular umuman kesishmaydigan tovarlar.
    Lekin hukumatlar tomonidan birlashtiriladigan “tovar turi” kategoriyasida vaholanki bitta. Konsentratsiya hisoblashda bu ikki turdagi tovarni bir deb hisoblab olmaymiz — chunki bular bozor yoki iqtisodiy tarmoq atamasida tamoman har xil bozorlardagi tovarlar. Xuddi shunday ko‘pgina tovar turlarida — asl konsentratsiya aytilganidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki bozorlar segmentlashgan”, deb yozdi u Telegram kanalida

    Avvalroq O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqargani, bunga yaratilgan sunʼiy to‘siqlar sabab bo‘lishi mumkinligi maʼlum qilingandi.

    19 mart, 19:15   Izoh (0)   2737
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #shampun

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09

    AQSH bir oy ichida Buyuk Britaniyaga kamida 20 ta yadro bombasi joylashtirgan bo‘lishi mumkin — ICAN

    Dunyo | 7 avgust, 21:55

    Microsoft Isroilga millionlab falastinliklarni kuzatishda ko‘maklashgani aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 21:45

    Qaysi hududda nikohdan ajralishlar eng ko‘p kuzatilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 21:35

    Fransiyada pichoq bilan qurollangan noma’lum shaxs merga hujum qildi

    Dunyo | 7 avgust, 21:25

    Toshkentda ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 21:15

    Superliga. “Neftchi” Farg‘ona derbisida “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 7 avgust, 21:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.