Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan polkovnik Sanjar Djabarov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Sanjar Djabarov 2022-yil oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga 2021-yil mart oyidan buyon polkovnik Ayubxon Rahmatullayev rahbarlik qilayotgandi. U 2025-yil 11-mart kuni ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
15-mart kuni Xorazm viloyati IIBga ham yangi boshliq tayinlangandi. Ushbu lavozimni Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan Abdumajid Shermuhamedov egalladi.
Izoh (0)