• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    “Sheryurak”, “Qirol nutqi”, “Mening qattiqo‘l enagam”: “Garri Potter” aktyorlari birgalikda suratga tushgan filmlar

    “Garri Potter” franshizasining ashaddiy muxlislarini xursand qilgan holda, ularning sevimli aktyorlari birgalikda ishtirok etgan boshqa filmlar haqida ham ma’lumot beramiz.

    “Alisa mo‘jizalar mamlakatida”

    19 yoshli Alisa Kingsli o‘zi xohlamagan unashtiruv marosimiga tayyorgarlik ko‘radi, biroq so‘nggi lahzada g‘oyib bo‘ladi va tushida ko‘rgan Mo‘jizalar mamlakatiga tushib qoladi. Filmdagi Qizil qirolicha rolini Bellatris Lestrenj obrazi bilan mashhur bo‘lgan Helena Bonem Karter o‘ynagan. Undan tashqari, filmda Frensis de la Tur, Alan Rikman, Pol Uaytxaus, Timoti Spoll, Imelda Stonton va Garri Teylor ham ishtirok etgan, faqatgina dublyaj jarayonida.

    “Sheryurak”

    “Sheryurak” amerikalik Mel Gibson filmi bo‘lsa-da, unda ko‘plab yevropalik aktyorlar rol o‘ynagan va ulardan to‘rttasi keyinchalik “Garri Potter”ning turli qismlarida ishtirok etgan. Brendan Glison “Garri Potter” filmida bir vaqtning o‘zida Alastor Gryum va soxta Alastor Gryum rolini o‘ynagan. Unga keyinchalik Devid O‘Xara, Piter Mellan va Maykl Birn ham qo‘shiladi.

    “Ajdar yuragi”

    Qo‘zg‘olon paytida shahzoda Eynon jiddiy jarohat oladi. Tirik qolgan Eynon otasidan yaxshiroq va mehribonroq qirol bo‘lishiga umid qilgan aqlli ajdaho uni qutqaradi. Biroq keyinchalik qirol bo‘lgan shahzoda bu umidlarni oqlamaydi, hatto aksincha otasidan battar bo‘ladi.

    Filmdagi bosh va ikkinchi darajali rollar Devid Tyulis, Jeyson Ayzeks va “Azkaban mahbusi” filmida Madam Rosmerta rolini o‘ynagan Juli Kristiga nasib etdi. Ko‘pchilik ishonmasligi mumkin, ammo film chiqqan paytda u 64 yoshda edi.

    “Nyu York to‘dalari”

    “Qassob Bill” laqabli Uilyam Katting o‘zining ashaddiy dushmanini yo‘q qiladi, lekin uning o‘g‘li qochib ketadi. Yillar o‘tib, o‘g‘il ulg‘ayadi va otasi uchun qasos olishga qaror qiladi, ammo buning uchun u to‘da to‘plashi kerak. Jim Brodbent va Brendan Glisonga ikkinchi darajali rollar beriladi.

    “Vaqt qo‘riqchisi”

    Garchi “Vaqt qo‘riqchisi” tomoshabin va tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilingan bo‘lsa-da, shuningdek, “Garri Potter” yulduzlaridan tashqari, Eysa Batterfild, Ben Kingsli, Sasha Baron Koen, Kristofer Li va Jud Lou ham ishtirok etgan ajoyib aktyorlar tarkibini to‘plagan bo‘lsa-da, kassada omadsizlikka uchradi. Hatto “Garri Potter”dagi Narsissa Malfoy, Maksim xonim va Vernon Dursl rolida porlagan Xelen Makkrori, Frensis de la Tur va Richard Griffits ham vaziyatda loyihani qutqara olmadi.

    “Qirol nutqi”

    “Qirol nutqi” badiiy filmi bolaligida duduqlanishdan aziyat chekkan va fuqarolari oldida nutq so‘zlay oladigan shaxsga aylanish uchun katta mehnat qilgan qirol Georg VI haqida hikoya qiladi. Nisbatan kichik 15 million byudjet bilan film 414 million dollar yig‘ib, xitga aylanadi. Filmda Kolin Fertdan tashqari Helena Bonem Karter, Maykl Gambon va Timoti Spollni o‘z ichiga olgan aktyorlar tarkibi bor edi. Piter Pettigryu obrazi bilan mashhur bo‘lgan aktyor esa Cherchill rolini o‘ynaydi.

    “Mening qattiqo‘l enagam”

    “Mening qattiqo‘l enagam” “Enaga Matilda” kitoblar seriyasining birinchi filmi edi. Garchi u kassada katta pul ishlab topgan bo‘lsa-da, G‘arb tomoshabinlari uni juda sovuqqonlik bilan qabul qilishadi.

    “Mening qattiqo‘l enagam” filmida Emma Tompson va Imelda Stonton yana birgalikda rol o‘ynashadi, ularga qo‘shimcha ravishda Kelli MakDonald qo‘shiladi — u “Garri Potter”da Yelena Kogtevran rolini o‘ynagan. Dastlab Elena rolini Keyt Uinsletga taklif qilishgan, ammo uning agenti rad etgan. Uinslet bu haqda bilgach, “Garri Potter”da o‘ynashga qarshi emasligini aytadi.

    “Aql va tuyg‘u”

    Alan Rikmanning birinchi yorqin romantik rollaridan biri “Aql va tuyg‘u” filmidagi polkovnik Brendon edi. O‘shanda Rikman nihoyat o‘zini ommaga dramatik aktyor sifatida ko‘rsatadi. U ko‘p jihatdan Jon Uilloubi rolini o‘ynagan romantik janr ustasi Xyu Grantni ham ortda qoldiradi. Filmda ikki aktyorga Emma Tompson, Imelda Stonton, Robert Xardi, Jemma Jons va “Garri Potter”dagi bir nechta filmlarda Poppi Pomfri xonim rolini o‘ynagan Elizabet Spriggz partnyor bo‘lgan.

    “Suini Todd, Flit-stritdagi iblis sartarosh”

    Tim Byorton amerikalik rejissyor bo‘lishiga qaramay, ko‘pincha filmlarida britaniyalik aktyorlarni suratga olgan. “Suini Todd, Flit-stritdagi iblis sartarosh” bunga yana bir misoldir. Jonni Depp, Helena Bonem Karter, Alan Rikman va Timoti Spoll asosiy tarkibda bo‘lib, kichik qahramonlardan biri Jeymi Kempbell Bauerga nasib etadi.

    “Qora libosli ayol”

    2012-yilda Deniel Redkliff birinchi marta qo‘rqinchli filmda rol o‘ynadi. Bu “Qora libosli ayol” bo‘lib, u arvohlar yashaydigan uyga kirib qolgan erkak haqida hikoya qiladi. Deniel uchun mazkur film “Garri Potter”dan tashqari birinchi obraz edi — 15 million dollarlik byudjetga ega film deyarli 130 million daromad keltiradi. “Qora libosli ayol” filmidagi muhim rollardan birini Aberfort Dambldor obrazini yaratgan Kiaran Xaynds o‘ynaydi.

    19 fevral, 12:15   Izoh (0)   2681
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#“Garri Potter”#filmlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    26.11.2022, 11:45

    Kinotavsiya: og‘ir damlarda dardingizga malham bo‘lishi mumkin bo‘lgan ajoyib filmlar

    15.12.2022, 14:52

    Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)

    03.02.2023, 16:10

    Kinotavsiya: kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan qadrdon filmlar 

    27.02.2023, 17:54

    Rol o‘ynagan filmlari katta daromad keltiradigan aktyor va aktrisalar reytingi tuzildi. 1-o‘rinda kim ekani xayolingizga ham kelmagan

    23.03.2023, 20:55

    Jeyms Kemeron, Leonardo Di Kaprio va atrof-muhit va tabiat haqida qayg‘uradigan boshqa mashhurlar

    27.03.2023, 16:30

    Ajoyib ijrosi bilan hamkasblaridan ustun tursa-da, hanuzgacha nufuzli kino mukofotlarga loyiq ko‘rilmagan aktyor va aktrisalar (foto)

    11.04.2023, 20:55

    Shu rol uchun tug‘ilgandek: filmdagi obrazini qoyilmaqom tarzda ijro etgan Gollivud aktyorlari (foto) 

    04.05.2023, 20:35

    O‘zi ishtirok etgan filmni tomosha qilishni istamaydigan Gollivud yulduzlari  

    12.01.2024, 16:20

    Olamshumul mashhurlikka erishgan, ammo keyinchalik ekranlardan g‘oyib bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    08.04.2024, 15:50

    Gollivud yulduzlarining tomoshabinlar hafsalasini pir qilgan rollari (foto)

    18.04.2024, 09:49

    “Kimdir meni tepmagan, haqorat qilmagan kun bo‘lmagan”. Maktabda sinfdoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Gollivud yulduzlari

    06.06.2024, 11:58

    Gollivud yulduzlariga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan oddiy odamlar (foto)

    02.08.2024, 13:20

    “Usta va Margarita”, “Chol va dengiz” . Gollivud aktyori Deniel Redkliffning boshqa sevimli kitoblari

    30.09.2024, 18:15

    Smartfonlardan umuman foydalanmaydigan mashhurlar (foto)

    22.10.2024, 13:35

    Mohirona ijrosi bilan Gollivudni zabt etgan koreys aktyorlari

    12.11.2024, 12:40

    Mashhur filmlardagi tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan muhim detallar

    18.11.2024, 11:35

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    Mashhur film yoki serialdagi roliga g‘ayrioddiy sabablarga ko‘ra rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    30 yanvar, 18:45

    Leonardo Di Kaprio haqida ko‘pchilik bilmaydigan 22 ta fakt: eng yuqori gonorari, siyosiy qarashlaridan tortib bolalikdagi qadrdon do‘stigacha

    5 fevral, 09:39

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Joan Roulingni otasi yoqtirmagan, Demi Mur g‘ilayligi uchun masxara qilingan: bolaligi o‘ta og‘ir o‘tgan jahon yulduzlari (foto)

    8 fevral, 13:55

    Bryus Uillisning ahvoli og‘irlashdi: aktyor tildan qolgan va oila a’zolarini taniy olmayapti

    8 fevral, 21:09

    Okean sohillarida joylashgan 10 ta jannatmonand plyaj (foto)

    13 fevral, 12:42

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Mashhur ota-onasining yordami bilan emas, o‘z iste’dodi bilan muvaffaqiyat qozongan yulduzlar (foto)

    17 fevral, 17:11

    Dismorfofobiya: tasavvuridagi jismoniy nuqsonlaridan aziyat chekadigan Gollivud yulduzlari

    17 fevral, 11:40

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Bolalarning so‘nggi tilagini amalga oshirgan, uysizlarga yordam bergan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan tanilgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 15:02

    Atigi birgina roli bilan karyerasini saqlab qolgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 12:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21

    Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

    O‘zbekiston | 9 may, 19:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.